07:31 / 02.01.2020
3 095

AQSHning Bag‘doddagi elchixonasi amerikaliklarni ogohlantirdi

AQSHning Bag‘doddagi elchixonasi amerikaliklarni ogohlantirdi
Foto: REUTERS/Khalid al-Mousily
AQSHning Bag‘doddagi elchixonasi hujumga uchragani sababli konsullik ishini to‘xtatdi va amerikalik fuqarolarga elchixona binosiga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda elchixona saytida ma’lum qilingan.

“AQSH elchixonasiga hujum sababli barcha konsullik amaliyotlari yana boshlanishi ma’lum qilingungacha to‘xtatildi. Barcha rejalashtirilgan uchrashuvlar bekor qilinadi. AQSH fuqarolariga elchixona binosiga yaqinlashmaslik tavsiya qilinadi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, amerikaliklarga Iroqqa tashrif buyurmaslik, u yerda bo‘lganlarga esa norozilik namoyishlari o‘tkazilishi joylaridan qochish tavsiya qilingan.
Viza va boshqa masalalar yuzasidan AQSHning Erbildagi bosh konsulligiga murojaat qilish tavsiya qilingan.

AQSH elchixonasidagi norozilik namoyishlari AQSH harbiy-havo kuchlarining “Hizbulloh” harakati ob’ektlariga zarbasidan keyin boshlangan. Amerikalik harbiylar zarbalar “Hizbulloh”ning hujumlariga javoban berilganini ta’kidlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Bag‘doddagi elchixonasi amerikaliklarni ogohlantirdi