Foto: Ng Han Guan / AP
Xitoyning to‘rtta provinsiyasi koronavirus bilan kasallanish xavfi darajasi pasaygani haqida e’lon qildi. Bu haqda Reuters mahalliy tibbiyot rasmiylariga tayangan holda xabar bermoqda deb yozadi Kun.uz nashri.
Yunnan va Guyjou provinsiyalari xavf darajasini birinchi darajadan (eng yuqori) uchinchi darajagacha, Guandun va Shansi esa birinchi darajadan ikkinchi darajagacha tushirdi.
Avvalroq, Gansu va Lyaonin provinsiyalarining tibbiy organlari xavf darajasi pasaytirilgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi.
South Morning China Post xabariga ko‘ra, Xitoyning to‘rtta mintaqasi rasmiylari qarori Si Szinpinning epidemiyani bartaraf etishda davlat katta yordam berishi haqida va’da qilgan nutqidan so‘ng ochiqlandi. XXR yetakchisi koronavirusni butun mamlakat uchun sinov deb atab, Xitoy ro‘y bergan hodisadan saboq chiqarishi lozimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Si Szinpin Kommunistik partiyaning harakatlari o‘z vaqtida va samarali bo‘lganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik tarqalishiga tezkor reaksiya «Xitoy rivojlanishining sotsialistik modeli afzalliklarini namoyish etdi».
Shuningdek, XXR yetakchisining ta’kidlashicha, rasmiylarning eng muhim maqsadi Xubey provinsiyasidan, shu jumladan, mamlakat poytaxti Pekinga kasallik tarqalishining oldini olish bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2592 kishi koronavirus natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Xitoyning materik qismidan tashqarida kasallanganlarning eng ko‘p soni Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiyada qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat"