14:39 / 20.03.2020
5 745

Hindistonda talaba qizni zo‘rlagan guruh a’zolari osib, qatl etishga hukm qilindi

Hindistonda talaba qizni zo‘rlagan guruh a’zolari osib, qatl etishga hukm qilindi
20 mart, juma kuni Hindistonda 31 yoshli Akshay Takur, 25 yoshli Pavan Gupta, 26 yoshli Vinay Sharma va 32 yoshli Mukesh Singx o‘limga hukm qilindi, ular 2012 yilda talaba qizni zo‘rlashda aybdor deb topilgan. Bu haqda NDTV ga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, ayborlar osib o‘ldiriladi. Hukm Tixar qamoqxonasida ijro etiladi. Qatl qilinishidan oldin mahkumlarning advokati Oliy sudga shikoyat qilgan, ammo ariza rad etilgan.

2012 yilda 23 yoshli talabaning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi Hindistondagi eng shov-shuvli voqealardan biri bo‘lgan. Qiz kinoteatrdan uyga qarab avtobusda ketayotganida 6 erkak uni ushlab olgan. Shundan so‘ng, qiz bir necha soat davomida zo‘rlangan va temir panjara bilan qiynoqqa solingan. Keyin esa uni yo‘lda tashlab ketishgan.

Jinoyatchilarning eng yoshi 15 yoshda edi. U jinoyat sodir bo‘lganidan uch yil o‘tgach, qo‘yib yuborilgan. Guruhning yana bir a’zosi o‘z kamerasida o‘lik holda topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda talaba qizni zo‘rlagan guruh a’zolari osib, qatl etishga hukm qilindi