20:20 / 03.04.2020
5 380

AQSHda koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha antirekord qayd qilindi

AQSHda koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha antirekord qayd qilindi
AQSHda bir kun ichida koronavirusdan 1169 kishi vafot etdi. Bugunga kelib mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 6 mingdan oshib ketdi.
Bu pandemiya davomida qayd qilingan bir kun ichidagi eng ko‘p o‘lim holatlari bo‘lib, avvalgi antirekord 27 mart kuni Italiyada qayd qilingandi. O‘shanda mamlakatda bir kun ichida koronavirusdan 969 kishi vafot etgan.

Bu haqda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha statistika olib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.
AQSH hozirda kasallanishlar soni bo‘yicha 1-o‘rinda turibdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 245 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha antirekord qayd qilindi