09:50 / 10.04.2020
2 907

Moskvada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi

Moskvada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi
Foto: «Avtorambler»
Rossiyaning «AlfaStroxovaniye» kompaniyasi 2019 yilda avtomobil o‘g‘rilari tomonidan eng ko‘p qiziqish bildirilgan mashinalar reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi «Avtorambler».

2019 yil yakunlari bo‘yicha reytingdagi «talabgir» modellar ketma-ketligi biroz o‘zgargan — ro‘yxatdan Mazda CX-5, Kia Optima va Hyundai Solaris tushib qolgan. Hozirda avtomobil o‘g‘rilari orasi eng mashhur model — Camry sedani. Ikkinchi o‘rinda Lexus LX yo‘ltanlamasi, undan keyin esa — Toyota Land Cruiser. 2018 yilda Top-10 ro‘yxatdan oltida yapon avtomobili o‘rin olgan bo‘lsa, 2019 yilda ularning soni yettitaga yetgan.

Mashinalar asosan kechasi turar joy binolarining avtoturargohlaridan, kunduzi esa savdo markazlaridan o‘g‘irlab ketiladi. O‘g‘rilar orasida keng tarqalgan usul — eshikni yoki o‘t oldirgichni buzib ochish. Salonga kirish uchun avtomobil o‘g‘rilari ko‘pincha eshik oynasini sindiradi.

2019 yil holati bo‘yicha Moskva va Moskva viloyatida eng ko‘p o‘g‘irlangan («AlfaStraxovaniye»da sug‘urtalangan) avtomobillar reytingi:
Toyota Camry
Lexus LX
Toyota Land Cruiser
Toyota Land Cruiser Prado
Toyota RAV4
Hyundai Santa Fe
Lexus NX
Kia Rio
Lexus RX
BMW 5 Series

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada eng ko‘p o‘g‘irlanadigan avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi