22:23 / 20.04.2020
4 650

Yaponiyada qurbonlar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi

Yaponiyada qurbonlar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi
Foto: «Sm-news.ru»
Yaponiyada koronavirus infeksiyasi tufayli vafot etganlar soni bir kecha-kunduzda 25 kishini tashkil etdi. Bu epidemiya boshlangandan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Kunchiqar o‘lkada jami 11 866 kishi yangi virusni yuqtirib olgan, deya xabar berdi «NHK» telekanali.

Oldingi «rekord» 14 aprelda qayd etilgandi — o‘shanda bir kecha-kunduzda 19 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Umumiy kasallanganlar soni «Diamond Princess» layneri ekipaj a’zolari va sobiq yo‘lovchilaridan iborat 712 nafar odamni ham o‘z ichiga oladi. Kema 1,5 oydan ortiq vaqt davomida Yaponiyaning Yokogama orolida karantinda saqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada qurbonlar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi