08:50 / 24.04.2020
3 535

Koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinab ko‘rish boshlandi

Koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinab ko‘rish boshlandi
Yevropada, aniqrog‘i, Buyuk Britaniyada koronavirus vaksinani odamlarda sinab ko‘rish boshlandi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Tadqiqotda 800 nafardan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etmoqda. Ammo dastlabki bosqichda ulardan faqat ikki nafari vaksina bilan emlangan. Keyingi bosqichda ko‘ngillilarning yarmi yangi vaksina bilan, qolgan yarmi esa meningitga qarshi dori vositasi bilan emlanadi.

Ammo ularning hech biriga qaysi vaksinani qabul qilgani aytilmaydi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, eng ishonchli natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida shunday qarorga kelingan.

Dori vositasi uch oy ichida Oksford universiteti olimlari tomonidan yaratilgan. Professor, vaksinolog Sara Gilbertning ta’kidlashicha, ko‘pchilik ushbu vaksinadan juda ko‘p narsa kutmoqda.

Albatta, biz uni sinab ko‘rishimiz va ma’lumot to‘plashimiz kerak. Haqiqatan vaksina koronavirusga qarshi samarali ta’sirga ega bo‘lishiga ishonch hosil qilsak, shundan keyin undan ommaviy ravishda foydalana olamiz“, deydi Sara Gilbert.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, aynan shu tadqiqotchilar guruhi Yaqin Sharqda tarqalgan koronavirusning boshqa bir turi — “MERS”sindromiga qarshi vaksina ishlab chiqqan edi.

Oldinroq Oksforddagi Jenner instituti direktori Adrian Xill Buyuk Britaniyada vaksina tayyor bo‘lishi bilan sentabrgacha undan million doza ishlab chiqarilishi haqida aytib o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksinani odamlarda sinab ko‘rish boshlandi