23:00 / 10.05.2020
2 725

Shvarsenegger oshxona stolida shpagatga o‘tirdi va muxlislari bilan hazillashdi (video)

Shvarsenegger oshxona stolida shpagatga o‘tirdi va muxlislari bilan hazillashdi (video)
Foto: Instagram / @schwarzenegger
Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger Instagram’dagi sahifasiga oshxona stoli ustida sport bilan shug‘ullanayotgani aks etgan videoni joyladi.

72 yoshli Gollivud aktyori o‘zining a’lo darajadagi jismoniy formasini namoyon etdi.
Videoda tishiga sigara qistirib olib, oshxona stoli ustida shpagatga o‘tirgan Shvarsenegger qo‘lini ko‘tarib oyoqlariga olib borayotganini ko‘rish mumkin. Arnold yuz ifodasi bilan ushbu mashqni qiynalib bajarayotgandek tasavvur uyg‘otishga urinadi.
View this post on Instagram

Flexibility is as important as the pump.

A post shared by Arnold Schwarzenegger (@schwarzenegger) on


Shundan so‘ng «charchagan» aktyor qo‘llarini beliga qo‘ygan holda «Nima bo‘lgan taqdirda ham men bugun yaxshi mashq qildim, o‘zim bilan faxrlanaman», deb ketadi. Shunda aslida oyoqlar yasam ekanligi oydinlashadi.
Folloverlar aktyorning haziliga ijobiy baho bergan. Rolik bir necha mingta layk to‘plagan hamda juda ko‘p ijobiy izohlar yozilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvarsenegger oshxona stolida shpagatga o‘tirdi va muxlislari bilan hazillashdi (video)