18:10 / 13.05.2020
2 428

Iordaniya: koronavirus bilan kurashda muvaffaqiyat sirlari

Iordaniya: koronavirus bilan kurashda muvaffaqiyat sirlari
Iordaniyalik deputat Ibrohim Baddur Iordaniyada koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan bo‘lishdi.

Parlament a’zosi ta’kidlashicha, Iordaniya mamlakat ichkarisida COVID-19 tarqalishidan oldin mamlakatni yopib, profilaktika choralarini ko‘rmoqda. Bundan tashqari, barcha kelganlar zudlik bilan ikki hafta davomida karantinga yuborildi. Shu bilan bir qatorda, hokimiyat bir qancha kasallanganlar bilan muloqot qilganlarni doimiy ravishda karantinga joyladi.

Hukumat tez tarqalishiga yordam beradigan barcha joylarni: masjidlarni, maktablarni yopdi. Bunday harakatlar yaxshi natija berdi“, deydi deputat.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat virusning ikkinchi to‘lqinidan cho‘chimoqda. Chunki odamlarda hali ushbu virusga qarshi immunitet rivojlanmagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Iordaniya hozirda davlat idoralari va xususiy sektorning ayrim segmentlari uchun asta-sekin yordam ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qattiq izolyatsiya qilish, aholi tomonidan ichki qoidalarga to‘g‘ri rioya qilish va hukumatning COVID-19 uchun keng qamrovli sinov o‘tkazish bo‘yicha tezkor qarorlari ta’sir ko‘rsatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iordaniya: koronavirus bilan kurashda muvaffaqiyat sirlari