
Islomning eng avvalgi davridan boshlab, yahudiylar musulmonlar bilan yaqin aloqada bo‘lishgan. Bu xalqning ko‘plab vakillari Islomni qabul qilishiga olib keldi. Islom ilmlari rivojiga hissa qo‘shgan olimlar orasida musulmon yahudiy ham [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9hem9uLnV6L2NvbnRlbnQvdmlld3MvaXNsb21uaS1xYWJ1bC1xaWxnYW4tbWFzaGh1ci15YWh1ZGl5LW9saQ%3D%3D]anchagina[/leech].
Abdulloh ibn Salom (550-663), ehtimol islomni qabul qilgan yahudiylarning eng taniqlisidir. Rivoyatlarga ko‘ra, u Yasribning eng nufuzli yahudiy ruhoniylaridan biri bo‘lgan. Payg‘ambar Muhammad solllallohu alayhi vasallam bu shaharga kelganlarida, Abdulloh ibn Salom u zotning payg‘ambarligiga imon keltirib, Islomni qabul qildi.
Ka’bul-Axbor (652 yoki 655 yilda vafot etgan) – yamanlik islomni qabul qilgan ravvin. U xalifa Umar roziyallohu anhu davrida Madinaga ko‘chgan va shuning uchun uni tobeinlardan deyishadi. Ka’bul-Axbor Qur’onning taniqli tarjimoniga aylandi. U isroiliyotlar – yahudiy va injildagi rivoyatlarning tarqalishiga hissa qo‘shgan degan rivoyatlar bor.
Horun ibn Muso (vafoti 786 yil) arablarning Azd qabilasida yashab, Islomni qabul qildi. U arab tilini bilimdoni bo‘ldi, qiroatni o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Sibawayh - arab tilining birinchi grammatikasi muallifining ustozi bo‘lgan.
8-asrning yana bir mashhur arab tili grammatikasi olimi, Kufa maktabining asoschisi Abu Jafar ar-Ruasiy ham islomni qabul qilgan yahudiy bo‘lgan.
Abu Barakat al-Bag‘dodiy (1080-1164) - kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan faylasuf, tabib va fizik. U ibroniycha Natanel nomi bilan asarlar yozgan. U Bag‘dod xalifalari va saljuqiylar sultonlarining saroy tabibi bo‘lgan. Abu Barakat falsafada Arastu g‘oyalariga sodiq edi. U ko‘p jihatdan Ibn Sinoga ergashgan, shu bilan birga o‘z g‘oyalarini rivojlantirgan. U tezlikni ketma-ket oshirish bilan kuchning ketma-ket o‘sishi natijasida tushgan jismlarning tezlashishini tushuntirishni taklif qildi. Islomni umrining oxirida qabul qilgan.
Samuel ibn Yahya al-Mag‘ribiy (1130-1180) ham Bag‘dodda yahudiy ravvinining oilasida tug‘ilgan. Islomni qabul qilib, otasini xafa qilishdan qo‘rqib, ko‘p yillar davomida dinini oilasidan yashirgan. U 1163 yilda tushida buni buyurilganini ko‘rganidan so‘nggina islomni qabul qilganini e’lon qildi. U matematik, astronom va tabib edi. 19 yoshida “Al-Bahir fil-jabr” deb nomlangan matematik risola yozdi. Uning yahudiylikni tanqid qilgan “Ifhamul Yahud” asari ham shuhrat qozongan.
Rashiduddin Hamadoniy (1247-1318) Hamadonda Eron yahudiylari oilasida tug‘ilgan. Islomni 30 yoshida qabul qildi. elxoniylardan G‘azanning (1295-1304) ishongan vaziri Rashiduddin Hamadoniy edi. U ham tabib edi. Rashiduddin asosan mashhur tarixchi sifatida tanilgan. U hukmdor nomidan yaratgan
"Jomi’ut-tavorix" ("Solnomalar to‘plami") o‘rta asrlar tarixidagi Ilxoniylar va Mo‘g‘ullar imperiyasi davrining eng muhim tarixiy manbasidir. Rashiduddin xonni zaharlaganlikda ayblanib qatl qilingan.
Yoqub Umar tayyorladi
Islomni Qabul QilganYahudiy OlimlarAbdulloh Ibn SalomKa’bul-AxborAbu Barakat Al-Bag‘dodiySamuel Ibn Yahya Al-Mag‘ribiy O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar