Foto: Pinterest
Portugaliya tashqi ishlar vaziri Santush Silva mamlakati turistik mavsumga tayyorligini ma’lum qildi.
“Biz Portugaliyada sayyohlarni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, deb aytgan vazir va mamlakat aeroportlariga keluvchi barchaning harorati o‘lchanishini ma’lum qilgan.
“Portugaliya sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi ishladi va biz sayyohlarni qabul qila olishimiz mumkinligi juda muhimdir”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.
Avvalroq Portugaliya hukumati koronavirus sababli yopilgan mehmonxonalar 1 iyundan sekin-asta ochilishini ma’lum qilgandi. Mehmonxonalarga keluvchilar xonalarga avvalgi tashrif buyuruvchilar ketgandan 24 soat o‘tgachgina joylashishlari mumkin bo‘ladi. Sohilbo‘yida joylashgan mehmonxonalarda yashovchilarga shaxsiy shezlonglar tarqatiladi.
Mamlakatdagi plyajlar 6 iyundan ochiladi: dam oluvchilar o‘zaro 1,5 metr saqlashlari kerak bo‘ladi, soyabonlar bir-biridan kamida 3 metr oraliq bilan joylashtiriladi. Shuningdek, u yoki bu plyajda ayni pallada qancha odam borligini tekshirish mumkin bo‘lgan mobil dasturlar paydo bo‘ladi.
18 maydan mamlakatda qisman kafe va restoranlar ochilgan hamda muzey va diqqatga sazovor joylar o‘z ishini qayta boshlagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliyada koronavirusdan 30 ming kishi zararlangan, 1289 ming kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?