Marshal Abdurashid Do‘stum, afg‘onistonlik o‘zbeklarning nufuzli rahbari, marshal unvonini olganidan beri hali muhim hukumat tadbirlarida qatnashmadi. Prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tgan va tinchlik muzokaralariga bag‘ishlangan muhim uchrashuvda uning o‘g‘li Botir Do‘stum ishtirok etdi.
Marshal Do‘stumning yaqin safdoshlarining aytishicha, Abdurashid Do‘stum “Junbish Milliyi Islomiy Afg‘oniston” partiyasining (Afg‘oniston Milliy Islomiy Harakati) siyosiy ishlari va rahbariyatini o‘g‘li Botir Do‘stumga topshirgan va hozir u boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi.
Yaqinda u O‘zbekistonga tashrif buyurdi va u yerda O‘zbekiston hukumati bilan ikki mamlakat o‘zbeklari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Hozirgacha uning rahbari va asoschisi marshal Do‘stum bo‘lgan “Junbish Milliyi Islomiy Afg‘oniston” partiyasi rahbariyati Botir Do‘stumga o‘tganini rasman tasdiqlamagan, ammo mamlakat siyosiy maydonida Abdurashid Do‘stum o‘rnini uning o‘g‘li egallashi haqida ko‘p gap-so‘zlar tarqalgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi