07:24 / 23.07.2020
3 733

Koronavirus kasalligining belgilari aynan qanday bo’ladi?

Koronavirus kasalligining belgilari aynan qanday bo’ladi?
Barchamizga ma’lumki, pandemiya boshlangandan buyon, koronavirusning turli xil belgilari namoyon bo‘lib kelmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumot berishicha, asosan isitma, quruq yo‘tal, charchoq, bosh og‘rig‘i, nafas qisilishi hamda ko‘krak qafasidagi og‘riq, nutqning sustlashishi koronavirusning alomatlari hisoblanar ekan.

AQSH kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining ta’kidlashicha, bunday kasallikka chalingan insonlarda ruhiy sarosimalik hamda lablarning ko‘karib ketishi ham kuzatilayotgan ekan.

Shu bilan birgalikda, bu pandemiya davrida, turli xil kasalliklar ham avjiga chiqib bormoqda. Masalan, tomoq og‘rig‘i, diareya, ta’m yoki hid yo‘qolishi, terida toshma toshishi hamda barmoq, oyoqlarning rangsizlanishi. Ammo bunday kasalliklar koronavirus belgisi emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus kasalligining belgilari aynan qanday bo’ladi?