06:30 / 27.07.2020
21 367

Dunyodagi TOP 7 vafodor hayvonlar haqida qiziqarli faktlar

Dunyodagi TOP 7 vafodor hayvonlar haqida qiziqarli faktlar
Bu dunyoda jonivorlarni yaxshi ko‘rmaydigan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak. Aksariyat insonlar hayvonlarni yoqimtoy, sadoqatli, vafodor bo‘lganligi uchun yoqtirib qolishadi. Ha, bu kabi hayvonlar kimga ham yoqmaydi deysiz.

Bugungi ushbu maqolamizda aynan TOP 7 vafodor hayvonlar haqida qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz. Ular quyidagicha:

1.Otlar

Ot odamga do‘st tutinishda va sadoqatda tengsiz jonivordir. Qolaversa, otning ko‘zlari 360 darajali radiusga ega. Shuning evaziga ot burilmay turib orqadagi hodisalar va xavfni ko‘ra oladi. Ot aql-zakovat jihatidan ham boshqa jonivorlarni ortda qoldiradi.

2.Kuchuklar

Kuchuklar nisbatan aqlli, tez o‘rganuvchan, buyruqlarimizni bajarishga qodir va inson xayotining barcha jabhalarida juda foydali sheriklar bo‘lib qoldilar. Ular odatda qorong‘ilikda mo‘ylovlari yordamida yo‘l izlashadi. Kuchuklar insonlarning sodiq do‘sti desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

3.To‘tiqushlar

To‘tiqushlar odatda o‘z egasiga hamda jufti haloliga juda sodiq bo‘ladi. Agar bir insonga o‘rganib qolsa, uni hech qachon tashlab ketmaydi. Shuningdek, ular moslashuvchan ham bo‘lishadi.

4.Mushuklar

Mushuklar ham yuqoridagi hayvonlar singari egasiga sodiq bo‘ladi. Qiziqarlisi shundaki, ular ko‘pincha o‘z boquvchilarini boshqa hayvonlardan qizg‘onishadi.

5.Bo‘rilar

Erkak bo‘ri urg‘ochisiga juda sadoqatli juft sanaladi. U urg‘ochiga so‘nggi nafasi qolguncha xiyonat qilmaydi. Faqat urg‘ochisi o‘lsagina juftini almashtirishi mumkin. Bo‘ri o‘ziga o‘lim xavf solayotganini sezib tursa ham birinchi navbatda yaqinlarini xavfdan xalos etishga intiladi.

6.Delfinlar

Delfinlar insonga haqiqiy sodiq do‘st. Agar ular insonga qandaydir xavf kelayotganini payqasa, darhol yordam berishga tushadi. Qiziqarlisi shundaki, akulalar delfindan qo‘rqadi. Chunki ular uzun burun qismi bilan hujumga o‘tadi. Bir marta amalga oshirilgan hujum akula uchun albatta o‘lim bilan tugaydi.

7.Fillar

Fillar juda ham oilaparvar hamda to‘dasiga sodiq bo‘ladi. Ular odatda katta guruhlardan tashkil topgan oila bo‘lib yashaydilar. O‘z umrini xavfga solib bo‘lsa-da, bolalarini himoya qilishga harakat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi TOP 7 vafodor hayvonlar haqida qiziqarli faktlar