Rossiyaning Novorossiysk port shahrida 4 dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi bir nechta portlashlar sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV shahar aholisiga tayanib xabar berdi.
«Jivaya Kuban» internet nashrining yozishicha, «portlash ovozi Borisovkada, Vidova ko‘chasida, Semdolina qishlog‘ida, Mefodiyevka rayonida, 8-hududda eshitilgan». «Fuqarolarning aytishicha, ular kuchli portlashni jismonan his qilishgan: ko‘pchilikning uyi silkingan, xususan, birinchi liniyada, kimdir hatto krovati silkinganini sezgan», — deyiladi nashrda.
93.ru internet nashri Novorossiyskka dron hujumi xavfi haqida yozmoqda. «Soat 01.37 da xavf haqidagi ma’lumotni o‘z pabligida Novorossiysk rahbari o‘rinbosari Aleksandr Yamenskov tasdiqladi», — deb ta’kidlaydi «Bloknot» internet nashri.
O‘z navbatida, shahar meri Andrey Kravchenko yarim tunda Telegram orqali Novorossiysk aholisini ochiq maydonlarda bo‘lmaslik, xotirjamlikni saqlash va xavfsiz joylarda bo‘lishga chaqirdi. «Novorossiyskda havo mudofaasi ishlamoqda», «barcha xizmatlar shay holatga keltirildi», — deyiladi uning xabarida.
Novorossiyskka uchuvchisiz uchoqlar hujumining oqibatlari haqida xabar berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ukrainada 10 oyda urushdan qochish bilan bog‘liq 60 mingta «ish» ochilgan
Nukusda rossiyalik jurnalist qo‘lga olingani bo‘yicha rasmiy izoh berildi
Halabni egallaganlar kim? Suriyadagi yurishga boshchilik qilayotgan «Hayyat Tahrir ash-Shom» haqida
Rossiyaning bir hududi migrantlarga 82 ta sohada ishlashni taqiqladi