Foto: «Moskva» agentligi
Rossiya politsiyasidan har oy kamida 3 ming kishi xizmatdan bo‘shamoqda, mamlakat Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkib borasidagi yetishmovchiligi qariyb 20 foizni tashkil etadi. Bu haqda iste’fodagi general-mayor, Tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha kengash a’zosi Vladimir Vorojsov ma’lum qildi.
«Ichki ishlar vazirligida har oy 3 mingdan 5 ming nafargacha politsiyachi xizmatdan bo‘shayapti — bu butun boshli viloyat boshqarmasi tarkibiga teng. Xizmatdan bo‘shashlarning bir qismi yangilar kelayotgani bilan qoplanmoqda, ammo shuni tushinishingiz kerakki, tarjibaga ega, bilim va malakasi mavjud professionallar ketyapti, kelayotganlar esa ko‘pincha eng yaxshi kadrlar emas», — deydi Vorojsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada shunday hududlar borki, uchastka inspektorlari lavozimining 90 foizi butlanmagan va bitta xodim to‘qqiz kishining o‘rniga ishlashga majbur bo‘lmoqda. Politsiya generali bunga sabab qilib moddiy ta’minotning yetishmasligini keltirdi.
«Bu xodimlar moddiy-pul bilan kam ta’minlanayotganidan. Ichki ishlar organlari xodimlari juda kam maosh olishlari aniq», — deydi u.
Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirligida qariyb 19 foiz — 173 mingdan ziyod politsiyachi yetishmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi borasidagi yetishmovchiligi 173,8 mingni yoki shtat hisobida 18,8 foizni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Osiyo chempionati. Javohir Ummataliyev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etdi
Islom Ahmedov Qirg‘izistonda yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
Bayden lavozimini tark etishi oldidan o‘g‘lini afv etdi
Prezident maslahatchilari bo‘yicha tayinlovlar amalga oshirildi
Rossiyada chet el fuqarosining raqamli profili yaratilmoqda