
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Quysinovdan undiruvchi T.Mahmudovaning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Shahrisabz shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor ogohlantirilgan.
Bo‘lim davlat ijrochisining huquqiy ogohlantirishlardan so‘ng, A.Qo‘ysinov aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan.
Joriy yilning dekabr oyida qarzdor A.Qo‘ysinov bo‘lim davlat ijrochisiga murojaat qilib, farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pullarini bir yo‘la to‘lab bermoqchiligini bildirgan.
Ijro harakatlari natijasida taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan joriy yilning 3 dekabr kuni A.Qo‘ysinov 80 mln. 820 ming so‘m aliment pullarini bir yo‘la to‘lab berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar