Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekistoning Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent-Guangjou yo‘nalishi bo‘yicha ilk havo qatnovini amalga oshirdi.
Xitoyning Guangjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroporti qo‘nish maydonida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari hudud aviatsiya sohasi mutasaddilari, aeroport ma’muriyati, Centrum Air aviakompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.
Tadbir davomida Xitoy tomoni mamlakatlar o‘rtasidagi tobora o‘sib borayotgan hamkorlikni ijobiy baholab, hududlar o‘rtasida yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yilishi madaniy va iqtisodiy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidladi.
"Bayyun" xalqaro aeroporti direktorining o‘rinbosari Pan Jian O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Xitoy fuqarolariga vizasiz kirish huquqini taqdim etgani va mazkur aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilgani mahalliy biznes doiralari vakillari va sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifini yanada osonlashtirishda muhim omil bo‘lishini urg‘uladi.
Ushbu reys bilan Centrum Air aviakompaniyasi ko‘magida Xitoyning 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va tur agentliklari vakillarining mamlakatga tashrifi amalga oshirildi. Uning doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyati, sohada yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishish va yangi mavsum uchun istiqbolli sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Aviaqatnovlar dekabr oyidan haftasiga 2 marotaba, yakshanba va chorshanba kunlari Guangjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi
O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi
Ukrainada 10 oyda urushdan qochish bilan bog‘liq 60 mingta «ish» ochilgan
Olimpiya shaharchasi belgilangan muddatda yakunlanmasligi sababli O‘zbekiston mezbonlikdan voz kechgani aytildi
Germaniyada 17 yoshli bola yirik terakt uyushtirishga urindi