00:10 / 04.12.2024
65

Olimlar Rossiya tomon uchayotgan 70 santimetrli asteroidni aniqladi

Olimlar Rossiya tomon uchayotgan 70 santimetrli asteroidni aniqladi
Foto: Shutterstock
4 dekabrga o‘tar kechasi Yoqutistonga kichik o‘lchamdagi asteroid tushishi kutilmoqda. Bu haqda Ural federal universiteti (UrFU) olimlari xabar berdi.

UrFU professori Viktor Groxovskiyning ma’lum qilishicha, asteroid Yer atmosferasiga 3 dekabr kuni soat 21:17 da kiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asteroid Yoqutistondagi Olyokminsk va Lensk posyolkalari o‘rtasiga tushishi kutilmoqda.

Yevropa kosmik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kosmik obyektning diametri — qariyb 70 santimetr. «To‘qnashuv xavfsiz bo‘ladi va katta ehtimol bilan shimoliy Sibir osmonida qizil olovli sharni hosil qiladi», — deyiladi xabarda.

Telegram'dagi Astroalert kanalining aniqlik kiritishicha, C0WEPC5 nomini olgan asteroid Yer yuzasidan 100 kilometr balandlikda atmosfera qatlamiga kiradi. Ta’kidlanishicha, kosmik jismni yerga tushish joyidan 500 kilometr radiusda yaxshi kuzatish mumkin bo‘ladi.

C0WEPC5 asteroidi 2024 yil 3 dekabr kuni Arizona shtatidagi Kitt-Pik observatoriyasining ikki metrli teleskopi yordamida aniqlangan.

Yerga har yili kichik o‘lchamdagi (1 metrgacha bo‘lgan) kosmik obyektlardan bir nechtasi tushadi. Olimlar odatda bunday jismlarni erta bosqichdayoq aniqlaydi. 2024 yil boshidan beri olimlar Yerga to‘rtta asteroid tushishini prognoz qilgan. 4 sentyabrda Tinch okeanining janubiy qismiga 2024 RW1 asteroidi tushib, Filippin osmonida chaqnash hosil qilgandi — asteroid atmosferada yonib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar Rossiya tomon uchayotgan 70 santimetrli asteroidni aniqladi