Foto: AP
Xitoy BRICS doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi, dedi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Szyan brifingda Donald Trampning tahdidlarini izohlar ekan.
Avvalroq, Tramp BRICS mamlakatlariga tahdid qilib: «Biz bu mamlakatlardan yangi BRICS valyutasini yaratmaslik yoki qudratli AQSH dollari o‘rnini bosuvchi boshqa valyutani qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini talab qilamiz, aks holda ular 100 foizlik tariflarga duch keladi», degan edi.
«Xitoy turli sohalarda ishbilarmonlik hamkorligini chuqurlashtirish va jahon iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga ko‘proq hissa qo‘shish uchun BRICS bo‘yicha hamkorlar bilan ishlashni davom ettirishga tayyor», dedi Lin Szyan jurnalistlarga.
U BRICS mamlakatlari ochiqlik, inklyuzivlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik tarafdori ekanini, bloklar qarama-qarshiligida qatnashmasligi va uchinchi tomonlarni nishonga olmasligini ta’kidladi.
Shu yilning oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tgan sammitda BRICS a’zolari umumiy valyutaga o‘tish imkoniyatlarini muhokama qildi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov. «Bu yopiq masaladir, ba’zi hamkasblarimiz bu masalalarni ochiq muhokama qilishda juda ehtiyotkor bo‘lishadi», dedi u.
BRICS mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar uchun yagona valyuta yaratish g‘oyasi e’tiborga loyiq, ammo loyihani amalga oshirish qiyin, dedi Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina 2023 yil iyul oyida. «Bu ko‘plab tomonlarning roziligini talab qiladi, bu oson loyiha emas», dedi Nabiullina.
Hozir BRICS 10 ta davlatdan iborat: Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Eron va Efiopiya. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Ctatistikani "injig‘i": Gukesh o‘yinning 31,7 foizini meditatsiya qilib o‘tkazdi
«O‘zgidromet» haftalik prognozni e’lon qildi
Isroillik ravvinni Ummonga o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lgan...
Bashar Asad rejimi Suriyaning muhim hududlari ustidan nazoratni yo‘qotmoqda
Dunyoda shunday qishloq bor: unga erkaklar kirishi taqiqlangan