Britaniyaning The Guardian gazetasi jurnalistlari 50 yil ichida birinchi marta ish tashlash e’lon qildi

1 daqiqa o'qish117
Britaniyaning The Guardian gazetasi jurnalistlari 50 yil ichida birinchi marta ish tashlash e’lon qildi
The Guardian va uning yakshanba kungi versiyasi hisoblanuvchi The Observer jurnalistlari ish tashlash e’lon qildi. Ular The Observer sotilishi mumkinligidan norozi. Ikkala nashr ham hozirda Guardian Media Group kompaniyasiga tegishli.

Sentyabr oyida The Observer nashri Tortoise Media kompaniyasiga sotilishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalgan edi. Ushbu kompaniyaga o‘z vaqtida The Times muxbiri va BBC direktori lavozimida ishlagan Jeyms Xarding rahbarlik qiladi.

Xarding The Observer'ning har yakshanba kuni chiqadigan bosma nashrini davom ettirish bilan birga, nashrni podkast va onlayn translyatsiyalar bilan ham boyitishga va’da bergan. Ammo gazeta xodimlariga kompensatsiya pullarini olgan holda o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash yoki mehnat shartlarini saqlab qolgan holda Tortoise boshqaruvi ostida ishlashni davom ettirish taklif qilinmoqda.

The Guardian uchun bu so‘nggi yarim asrdagi birinchi ish tashlashdir. Jurnalistlar ikki kun — 4 va 5 dekabr kunlari ish tashlash uyushtirmoqchi. Ushbu norozilik aksiyasi The Observer'ning birinchi soni chiqqaniga 233 yil to‘lgan sanaga to‘g‘ri kelmoqda.

Mediakompaniyalar rahbariyati kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan jurnalistlarning xohishini hurmat qilishlarini, ammo «ish tashlash — yaxshi yechim emasligi»ni ma’lum qildi. «Ish tashlash o‘quvchilar chorshanba va payshanba kuni The Guardian veb-sayti hamda bosma nashrlarida ayrim o‘zgarishlarni payqashi mumkinligini anglatadi», — deyiladi xabarda. Xususan, ish tashlash kunlarida to‘ldirilishi kerak bo‘lgan materiallar chop etilmasligi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?