15:02 / 02.12.2024
23

Tanada yallig‘lanish jarayoni ketayotganidan darak beruvchi simptomlar

Tanada yallig‘lanish jarayoni ketayotganidan darak beruvchi simptomlar
Foto: Marie Claire
Tanadagi hech qanday yallig‘lanish jarayonini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas, chunki har bir insonning immun tizimi yallig‘lanishga turli ko‘rinishda reaksiya beradi va asosiy e’tiborni organizmning kasallangan qismiga qaratib, unga maxsus shifobaxsh moddalar yuborishni boshlaydi.

Agar tanadagi tashqi belgilarga ahamiyat berilmasa va yallig‘lanish boshlangan a’zoning holati o‘z vaqtida yaxshilanmasa, organizmning umumiy ahvoli sezilarli darajada yomonlashishi mumkin. Shuning uchun yallig‘lanish jarayoni haqida ogohlantiruvchi belgilarni e’tiborsiz qoldirmaslik zarur.

Og‘riq

Yallig‘lanish ko‘pincha turli og‘riqlar bilan birga keladi. Og‘riq o‘tkir yallig‘lanishda kuchli bo‘lishi va surunkali holatlarda yurak pulsiga o‘xshash tarzda takroriy og‘riq sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Har qanday turdagi doimiy og‘riq yuzaga kelganda shifokorga murojaat qilish zarur.

Charchoq

Organizm yallig‘lanish jarayoni bilan faol kurashayotganda, tana ikki yoki uch barobar ko‘p energiya sarflaydi. Shu sababli inson tezda holdan toyadi. Bunday charchoqning kuchayishi turli infeksiya, autoimmun kasalliklar va qator omillarning natijasida sodir bo‘lishi mumkin.

Bosh og‘rig‘i

Foto: Marie Claire
Bosh og‘rig‘i dunyodagi har yettinchi odamda uchraydigan holatdir, ammo unga hayotimizning odatiy bir qismi sifatida qarash kerak emas. Ayniqsa, bosh og‘rig‘ining doimiy takrorlanishi va yallig‘lanishning boshqa belgilari bilan birgalikda namoyon bo‘lishi tibbiy tekshiruvni talab etadi.

Nafas olish bilan bog‘liq muammolar

Nafas olish qiyinlashishi, ovozning bo‘g‘ilishi, nafas yo‘llarining qisilishi va yo‘tal kabi o‘pkaning yallig‘lanish belgilariga e’tiborsiz bo‘lmaslik lozim. Bunday alomatlar paydo bo‘lganda shifokor bemorga kerakli dori-darmonlarni buyuradi va yallig‘lanish bilan mustaqil kurashayotgan immunitetga keladigan yukni kamaytirish uchun ingalyatordan foydalanishni tavsiya beradi.

O‘zgaruvchan kayfiyat

Insonning jismoniy va ruhiy holatlari doimo o‘zaro bog‘liqdir. Yallig‘lanish ham inson ongi va psixikasiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Bunda bemor ko‘p tashvishga tushadi, kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi. Ba’zi holatlarda depressiya ham kuzatiladi.

Limfa tugunlarining kengayishi

Limfa tugunlari immunitet holati haqida ma’lumot beruvchi muhim qismdir, shuning uchun ularning kengayishi ba’zi infeksiyalar va autoimmun kasalliklarga boshlanganini anglatadi.

Teridagi o‘zgarishlar

Yuz terisining ko‘rinishiga qarab ichki organlar bilan bog‘liq muammolarni aniqlash mumkin. Tanadagi yallig‘lanish natijasida terida qizarish, qichishish yoki toshmalar aks etadi. Ammo bundan avval yuz terisining bunday ko‘rinishiga parvarish mahsulotlari sababchi emasligini aniqlash joiz.

Ovqat hazm qilishda muammolar

Foto: Marie Claire
Oshqozon-ichak traktidagi turli muammolar: qabziyat, diareya, qorin dam bo‘lishi ham tanada yuzaga keladigan yallig‘lanish jarayoni sababli sodir bo‘lishi mumkin. Chunki immunitet shu yo‘l orqali tanadagi patogen bakteriyalardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tanada yallig‘lanish jarayoni ketayotganidan darak beruvchi simptomlar