
Gukesh diqqatni jamlash va diqqatni jamlagan holda, ko‘zlarini mahkam yumish qobiliyatiga ega. U buni 2024 yilgi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining 7-o‘yinida raqibi Ding Lijenga qarshi tez-tez bajargan.
FIDE ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli da’vogar o‘yinning 31,7 foizini shunday meditatsiyada o‘tkazgan. Bunday noodatiy yondashuv hatto niderlandiyalik grossmeyster Anish Girining hazillashib, tvit yozishiga sabab bo‘ldi: “Gukesh 18 yoshida ko‘zlari yumilgan holda jahon chempionligini qo‘lga kiritishni xohlamoqda”.

Bu harakat raqibni chalg‘itmaydimi?
"Bu menga shaxsan ta’sir qilmaydi, ammo boshqalarni bezovta qilishi mumkin. Ba’zilar parvo qilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu juda qiziq statistika”, - dedi grossmeyster Anna Muzichuk FIDEga.

Gukesh avvalroq o‘z harakatining sababini ma’lum qilgan va u variantlarni sanab o‘tishni osonlashtirgani uchun ko‘zlarini yumganini aytgan edi.
- Ba’zida ko‘zingizni yumgan holda variantlarni hisoblash osonroq, - deb tushuntirdi Gukesh.
Ma’lumot uchun, "Klassik Jahon Chempionati 2024" doirasida Gukesh hamda Din Lijen o‘zaro bahs olib bormoqda.
Hozirga qadar mazkur shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 7 ta bahsda tomonlar bir marotabadan zafar quchgan. Qolgan 5 o‘yinda esa durang qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar