2 dekabr kuni Ukraina poytaxtiga poyezdda tashrif buyurgan Olaf Sholsning qo‘lidagi salmoqligina jomadon OAV va jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Kansler sirli jomadonni yordamchilariga bermay shaxsan o‘zi ko‘tarib yurgani tusmolu shubhalarni yanada kuchaytirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda olmon yetakchisi Ukrainaga yadro qurolini olib keldi degan hazilomuz ovoza ham tarqaldi. Ayrimlar esa jomadonda Ukrainaga millionlab yevro ko‘mak keltirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Sirli jomadon atrofidagi gap-so‘zlar shu qadar bolalab ketdiki, Kiyevdagi matbuot anjumanida jurnalistlardan biri kanslerning o‘zidan masalaga oydinlik kiritishni so‘radi.
Sholsning aytishicha, jomadonda shunchaki shaxsiy ehtiyoj uchun kerakli buyumlarni keltirgan, xolos. Binobarin, turli mish-mishu ovozalarda asos yo‘q.
Albatta, Germaniya rahbari Ukrainaga quruq qo‘l bilan kelmagan ekan. Ma’lum bo‘lishicha, Berlin Kiyevga 650 mln yevro miqdorida qurol-aslaha taqdim etadi. Bu 1,4 mlrd yevrolik ko‘mak paketining bir qismi sanaladi.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Shols qirq yildan buyon tutib kelayotgan portfel hazil-mutoyibalar uchun mavzuga aylangani haqida yozgan edik.
«Bree» firmasi ishlab chiqargan, «Times 16» rusumli qora portfelni Shols 1980-yillarda Hamburg shahrida huquqshunos yordamchisi bo‘lib ishlagan kezlarda 890 markaga sotib olgan. O‘shandan buyon dunyoda tuzumlar o‘zgardi, Sovet Ittifoqi degan davlat jahon xaritasidan g‘oyib bo‘ldi, Sharqiy va G‘arbiy Germaniya birlashdi, hatto «Bree» shirkati kasodga uchradi. Ammo Olaf Sholsning portfeli o‘zgarmadi!
Ma’lumot o‘rnida, Germaniya yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi mamlakat sanaladi. Olmon davlatining yillik YAIM 4 trillion dollardan oshadi. Kansler Sholsning oylik maoshi esa 30 ming yevroni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Osiyo chempionati. Javohir Ummataliyev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etdi
Islom Ahmedov Qirg‘izistonda yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
Bayden lavozimini tark etishi oldidan o‘g‘lini afv etdi
Prezident maslahatchilari bo‘yicha tayinlovlar amalga oshirildi
Rossiyada chet el fuqarosining raqamli profili yaratilmoqda