Foto: Daniel Vogl / picture alliance / dpa
Germaniyaning Nyurnberg shahridagi Dyurer gimnaziyasi kechikkan o‘quvchilarga jarima joriy etdi. Spiegel nashrining yozishicha, o‘quvchilar darsga o‘z vaqtida kelmasa, besh yevro to‘lashi shart.
Qoida 2024 yil may oyidan beri 9-11-sinf o‘quvchilari uchun amal qilib kelmoqda. Gimnaziya direktori Rayner Geysderfer bu chora o‘z natijasini bergani, o‘quvchilarning aksariyati vaqtida kelishni boshlagani haqida ma’lum qildi.
O‘quvchilar uzrli sabablarsiz kechiksa va faqat eng zarur hollardagina jarimaga tortiladi. Avval aybdor bilan ota-onasi, o‘qituvchilar va psixologlar suhbatlashadi. Agar suhbatlar yordam bermasa, maktab jarima tayinlaydi.
Gimnaziyadagilarning aytishicha, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan suhbat o‘quvchilarni unchalik qo‘rqitmaydi. Biroq jarimalar ularni “chindan tashvishga soladi”.
Jarima chorasi Germaniyadagi maktablarning hammasida ham qo‘llanmaydi. Ayrim ta’lim muassasalarida o‘z vaqtida kelmagan o‘quvchiga qo‘shimcha vazifa berilishi yoki ota-onasi chaqirilishi mumkin.
Forbes nashri yozishicha, mamlakatda uzrsiz sabablar bilan maktabga bormaslik uchun yanada qattiqroq jazo qo‘llanmoqda. Germaniyaning ba’zi hududlarida jarima miqdori 2,5 ming yevrogacha yetishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Tanada yallig‘lanish jarayoni ketayotganidan darak beruvchi simptomlar
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati. Adhamjon Muhiddinov xitoylik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi
La Liga. Mbappe va Bellingemning goli "Real"ga g‘alaba taqdim etdi (videosharh)
Olimlar Arktikadagi dengiz muzlari qachon butunlay erib ketishini hisoblab chiqdi
Zelenskiy: Ukraina hech qachon NATOga qisman a’zolikka rozi bo‘lmaydi