O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari sekin-asta Yevropaning top-chempionatlarini zabt eta boshladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi o‘yinchilaridan Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasida katta tajriba to‘pladi. Yangi avlod vakili Abduqodir Husanovning Fransiya chempionatidagi yorqin o‘yinlari Yevropa klublarini o‘zbekistonlik charm to‘p ustalariga e’tibor qaratishiga xizmat qilayotgan omillardan biriga aylandi.
Husanovning o‘ziga Fransiya, Angliya, Germaniya va Ispaniyadagi jami o‘ndan ortiq klublardan jiddiyo qiziqish bo‘lmoqda.
Yevropaga yo‘l olish imkoniyati yuqori bo‘lgan futbolchilarimizdan biri Abbosbek Fayzullayev hisoblanadi. 21 yoshli legionerimiz SSKA safida Rossiya Premer-ligasida ikkinchi mavsumini ham muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, avval turli yoshdagi terma jamoalarimizda faollik ko‘rsatgan Abbosbek endi milliy jamoada ham yetakchilikni o‘z zimmasiga oldi va xalqaro miqyosdagi o‘yinlarda porlamoqda.
Kuni kecha, Fayzullayevga Fransiya chempionatidan “Monako” qiziqayotgani va transfer uchun 15 million yevro tikishga tayyor ekani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Endi bir necha nufuzli manbalar o‘zbek futbolchisi uchun Ispaniyaning mashhur klublaridan biri “Real Sosedad” ham qo‘shilgani haqida axborot chiqara boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumkor futbolchini kuzatib kelayotgan san-sebastyanliklar Abbosbekning transferini yanvar oyidayoq hal qilishni rejalashtirmoqda.
“Real Sosedad” Rossiya chempionatini kuzatib borishi sir emas. Chunki bu jamoa 2023 yilning yozida Moskvaning “Dinamo” jamoasidan Arsen Zaxaryanni transfer qilgan edi.
“Real Sosedad” ispan futbolida 115 yillik tarixga ega nomdor klublaridan biri hisoblanadi. San-Sebastyan shahri sharafini himoya qilayotgan ushbu jamoa 1980-1982 yilgi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, “Real Sosedad” uch marotaba mamlakat kubogi va bir marta Superkubok sohibi ham bo‘lgan.
Keyingi yillar davomida jamoa muntazam Yevropa kuboklariga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashib keladi.
Abbosbek Fayzullayevning o‘yinini kuzatib keladigan ekspertlarning aksariyati o‘zbek futbolchisi ispan futboliga mos kelishini ta’kidlamoqda. 21 yoshli o‘yinchimizning o‘zida ham Ispaniya chempionatiga o‘tish orzusi bor. Shu bois, Abbosbek ingliz tilini bilishiga qaramay, ispancha o‘rganib yuribdi.
Fayzullayev bir necha intervyusida Lionel Messi va “Barselona”ning ashaddiy muxlisi ekanini, biroq Ispaniya chempionatidan taklif bo‘lsa, boshqa klublarga ham o‘tishga rozi bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Legionerimizga bo‘layotgan qiziqishlar fonida uning faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Demak, Abduqodir Husanov kabi Abbosbek Fayzullayevning ham atrofidagi vaziyatni kuzatib boramiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Bayden “Isroilga qarshi kitob” bilan omma oldida ko‘rindi
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Gvardiola kutilmaganda “Manchester Siti”dan ketishi mumkinligini aytdi
Andijonda ikki firibgar yigirmadan ortiq ta’lim va tibbiyot xodimlarini chuv tushirdi
Arman Sarukyan: "Maxachevni nokaut qilishim shart, chunki..."
Tadqiqot: Sport odamlar umrini besh yilga uzaytirishi mumkin