Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda

Salomatlik2 daqiqa o'qish478
Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda
?Milliy Tibbiyot Markazi direktori Maqsud Saidov boshchiligida markaz shifokorlari tomonidan yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashda mobil angiograf xizmatidan keng foydalanilmoqda.

▶️Ushbu xizmat Respublikamizning turli hududlarida aholi sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan samarali tashabbusdir.
Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda
Jarayonlarda tashxislash, koronar angiografiya orqali yurak tomirlaridagi torayish yoki to‘siqlarni aniqlash, mobil angiograf yordamida joyida aniq tashxis qo‘yish imkoniyati, davolash, stentlash, xususan, yurak arteriyalariga stentlar o‘rnatib, qon oqimini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

❗️Xususan, Buxoro viloyatining Peshku tumanida 1500 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 500 nafar fuqaro esa mobil angiograf orqali tekshiruvdan o‘tdilar.
Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda
✔️Namangan viloyati, Uychi tumanida jami 547 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ulardan 363 nafariga koronarografik tekshiruv o‘tkazilgan.

?Bu yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash va davolashda samarali qadam hisoblanadi.
Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda
?Hozirda mobil angiograf Buxoro viloyati Qorako‘l tumani va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolash maqsadida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati joylarda
✅Bu xizmat aholiga tibbiy yordamni yanada qulay va tezkor yetkazishga imkon bermoqda.

Mobil angiografning aholiga taqdim etadigan asosiy qulayliklari:

? Hududiy yaqinlik
Tuman va shahar darajasida xizmat ko‘rsatib, bemorlarga viloyat yoki respublika markazlariga borish zaruriyatini yo‘q qiladi. Bu, ayniqsa, uzoq hududlarda yashovchi aholi uchun qulay.

?Tezkor tashxislash
Yurak-qon tomir kasalliklarini joyida aniqlash imkoniyati mavjud. Bu esa kasallikning erta bosqichida aniqlanishiga yordam beradi va kechikishlarning oldini oladi.

?Ko‘p funksionallik
Faqat tashxislash emas, balki joyida stent qo‘yish, angioplastika va zarurat bo‘lsa, shoshilinch davolash ishlari ham amalga oshiriladi.

? Vaqtni tejash
Kasalxonaga borish, ro‘yxatdan o‘tish va kutish vaqtlarini qisqartiradi. Tekshiruvlar va dastlabki davolash ishlari bir joyda amalga oshiriladi.

?Murakkab jarayonlarni oddiylashtirish
Markaziy klinikada qilinishi kerak bo‘lgan murakkab tekshiruvlarni o‘sha hududning o‘zida amalga oshiradi, bu esa jarayonni bemor uchun osonlashtiradi.

?Xodimlarning malakasi
Mobil angiograf xizmatlarini Milliy Tibbiyot Markazining yuqori darajada malakali shifokorlari olib boradi.

?Xulosa o‘rnida aytish joizki, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mobil angiograf bugungi kunga qadar Respublikaning 10 dan ortiq tuman va shaharlarida bo‘lib, 5 ming nafardan ko‘p fuqarolar koronar angiografiya tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.

?Ushbu loyiha tibbiy xizmatni aholi uchun qulayroq va kengroq doirada tashkil etishda muhim rol o‘ynamoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?