Tver oblasti
Rossiyaning Tver oblasti ma’muriyati 2025 yildan boshlab chet el fuqarolarini jalb qilish taqiqlanadigan iqtisodiy faoliyat turlari ro‘yxatini ikki baravar ko‘paytirdi.
Agar bugungi kunda oblastda yashovchi xorijliklar 36 ta sohada ishlash huquqiga ega bo‘lmasa, 2025 yildan boshlab ular uchun taqiqlangan faoliyat turlari soni 82 taga yetkaziladi.
Energetika, suv ta’minoti, kompyuter ishlab chiqarish va ta’mirlash, axborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat, ijara va lizing, veterinariya, sayyohlik agentliklari, jamoat va notijorat tashkilotlari va boshqa sohalarda xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan 52 ta yo‘nalishda to‘liq taqiq joriy etilmoqda. Taqiq nashriyot, ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish va ilmiy tadqiqotlar kabi sohalarga ham tegishli.
O‘simlikshunoslik, baliqchilik va chorvachilik, go‘sht va baliqni qayta ishlash, sut va non mahsulotlari ishlab chiqarish, elektr jihozlari, transport vositalari, mebel ishlab chiqarish, ta’mirlash, mashina va uskunalarni o‘rnatish kabi sohalarda ham xorijliklar mehnati taqiqlandi.
Rasmiylar yangi taqiq va cheklovlarni mintaqa iqtisodiyotidagi migrantlar sonini kamaytirish va tub aholini qo‘llab-quvvatlash istagi bilan izohlamoqda. Bo‘shagan ish o‘rinlarini Yuqori Volga oblasti aholisi, jumladan, yoshlarga berish reja qilingan.
«Biz bu ishlarni tizimli ravishda olib boryapmiz. Biz imkon qadar biznesning pozitsiyasini hisobga olishga harakat qildik. Ammo shu bilan birga, davlatning strategik xavfsizligi masalalari ustuvorligicha qolmoqda», deb tushuntirdi Tver oblasti gubernatori Igor Rudenya ma’muriyat yig‘ilishida.
Yuqori Volga hududida mehnat patentini olgan xorijliklar asosan malaka talab qilmaydigan kasblarda ishlashi mumkin bo‘ladi - masalan, yukchi va yordamchi ishchilar.
2025 yildan boshlab oblastda mehnat migrantlari uchun patent narxi 14 973 rublgacha oshadi, bu hozirgi darajadan 39,4 foizga yuqori. Natijada Tver patent narxi bo‘yicha Markaziy Federal okrugdagi eng qimmat hududga aylanadi. Masalan, Moskvada patent narxi 8,9 ming rublgacha ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘an Putin bilan Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi
Xitoy Donald Trampning BRICS a’zolariga nisbatan tahdidlariga javob berdi
Ilon Mask: Amerika Qo‘shma Shtatlari bankrotlik yoqasida!
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi
O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga doir taqiqlar belgilandi
Ukrainada 10 oyda urushdan qochish bilan bog‘liq 60 mingta «ish» ochilgan
Olimpiya shaharchasi belgilangan muddatda yakunlanmasligi sababli O‘zbekiston mezbonlikdan voz kechgani aytildi
Germaniyada 17 yoshli bola yirik terakt uyushtirishga urindi