Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina hech qachon Rossiyaning Ukraina hududlari okkupatsiyasini tan olmaydi va hududning faqat bir qismini NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bermaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevda Yevropa kengashi prezidenti Antonio Koshta bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Xususan, undan NATOning «xavfsizlik soyaboni» Ukrainaning erkin hududiga qanday tarqalishi mumkinligi haqida savol berildi.
«Biz hech qachon Rossiya tomonidan yerlarimiz okkupatsiyasini qonuniy ravishda tan olmaymiz. Biz bu yerlarni ruslarniki deb tan olmaymiz. Bular faqat bizning yerlarimiz. Bular bizning xalqimiz. Ukrainaning vaqtincha bosib olingan qismlari. Albatta, bularning barchasi qaytariladi. Albatta. Men yerlarning katta qismini diplomatik yo‘l bilan qaytishini juda istardim. Ammo Putin buni tushunishiga ishonchim komil emas. Ammo dunyo buni tushunishini istardim», deb ta’kidladi Zelenskiy.
Prezident Ukraina uchun eng yaxshi xavfsizlik kafolati NATO, iqtisodiy kafolati esa Yevropa Ittifoqi ekanligini qayd etdi.
«Bu ikki talab, urush tugaganidan keyin qanday diplomatik yo‘llar bo‘lishidan qat’i nazar, biz uchun YEI va NATO - bu juda muhim. Bugun qanchalik qiyin ko‘rinmasin, lekin biz turli qiyinchiliklarga duch kelganmiz. Ammo baribir amalladik», dedi Zelenskiy.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning faqat bir qismi uchun NATOga taklif bo‘lishi mumkin emas, chunki bu boshqa barcha hududlar nafaqat xavf ostida qolishini, balki yo‘qotilganini ham anglatadi.
«Agar taklif shunday bo‘lsa, Ukraina hech qachon rozi bo‘lmaydi», dedi Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?