18:18 / 05.08.2020
2 607

Yaponiyalik olimlar ipak qurtidan koronavirus vaksinasi ishlab chiqarishmoqchi

Yaponiyalik olimlar ipak qurtidan koronavirus vaksinasi ishlab chiqarishmoqchi
Foto: «Noticia.ru»
Yaponiyalik olimlar ipak qurti lichinkasidagi oqsildan COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarish ustida bosh qotirishmoqda.
Kyusyu universiteti professori Takaxiro Kusakabening izohlashicha, koronavirusning yuzasida S deb nomlanuvchi protein bo‘lib, u uchtadan guruhlarga ajraladi va o‘sha ma’lumu mashhur bo‘lgan «nish» ni hosil qiladi: u yordamida kasallikni yuqtiradi.

«Ipak qurti yordamida biz sun’iy chandiqli proteinni hosil qilamiz. U yangi tipdagi koronavirus oqsiliga nihoyatda o‘xshaydi, faqat ichida virus bo‘lmaydi, shu bois u bezarar», — deydi Takaxiro Kusakabe.

Ipak qurti tanasiga bakulovirus yuboriladi. U hasharotni zararlaydi, odam uchun esa mutlaqo xavfsiz. Bir necha kundan so‘ng qurtning tanasida COVID-19 chandiqli S-proteiniga nihoyatda o‘xshaydigan oqsil «o‘sib chiqadi».

«Hozir ikki turdagi vaksina ustida ish olib boryapmiz — in’eksiya shaklida va og‘iz orqali qabul qilinadigan. In’eksiya ko‘rinishidagi vaksinani tayyorlash uchun uni tozalash va xavfsizligini tekshirish talab etiladi. Nima bo‘lganda ham, u ham hozir ishlatilayotgan vaksinalar kabi xavfsiz bo‘ladi deb o‘ylayman. Og‘iz orqali qabul qilinadigan vaksinaga kelsak, Osiyo mamlakatlarida azaldan ipak qurtini taomda foydalanishadi. Shunday ekan, bu borada hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak», deya ta’kidlaydi professor.

Mutaxassislarning fikricha, mazkur usul ko‘p miqdorda vaksina ishlab chiqarish imkonini beradi. Eng ahamiyatli jihati, u grippga qarshi preparatlardan qimmat bo‘lmaydi. 2021 yil mart oyigacha jonivorlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik olimlar ipak qurtidan koronavirus vaksinasi ishlab chiqarishmoqchi