Foto: «Sportsweek.org»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti karantindan keyin mamlakatlarning ochilishini qo‘llab-quvvatlaydi, faqat halokat ro‘y bermasligi uchun xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak, dedi brifingda JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
«JSST jamiyat va iqtisodiyotni ochishga bo‘lgan urinishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bolalarning maktabga, odamlarning esa o‘z ish joylariga qaytishini ko‘rishni istaymiz. Lekin buning xavfsiz amalga oshirilishi tarafdorimiz. Mamlakatlar virusni qancha ko‘p nazorat qilsa, ular shuncha ko‘proq ochilishi mumkin. Nazoratsiz ochilish — falokat retsepti», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar odatiy hayot tarziga qaytishi uchun kamida to‘rtta asosiy qadamni tashlashi zarur.
Birinchidan, odamlarning katta guruhlari orasida virus tarqalishini cheklash. Bunday yuqtirish ommaviy tadbirlarda, xususan, tungi klublarda, stadionlarda, katta-katta diniy marosimlarda qayd etiladi.
Ikkinchidan, o‘lim darajasini kamaytirish uchun virus oldida eng zaif odamlar guruhini himoya qilish darkor.
Uchinchidan, har bir inson jamiyat xavfsizligini ta’minlash uchun o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim — niqob taqish, masofa saqlash, qo‘l yuvish va hokazo.
To‘rtinchidan, hukumat kasallanganlarni aniqlash, boshqalardan ajratish, test o‘tkazish, davolash hamda aloqalarni topish uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi