Foto: AP
AQSH tarixidagi eng mojaroli bo‘lishi kutilayotgan saylov oxiriga yaqinlashib qolgan ko‘rinadi. Saylov o‘tganiga ikki kun bo‘ldi hamki g‘olib aniq emas. Biroq bugun Viskonsin va Michiganni o‘ziniki qilgan Bayden 26 ta ovozga ega bo‘lib, g‘alabaga yaqinlashdi. Baydenda ayni damda 264 nafar vakilning ovozi bor. Tramp esa hamon 214 ta ovoz bilan endilikda sezilarli farq bilan ortda bormoqda.
Baydenga g‘alaba uchun Nevadadagi g‘alaba yetarli bo‘ladi. Hozircha bu shtatda ham Bayden kichik ustunlikka ega. 4 yil oldingi saylovlarda Tramp Klintonning ustunligi kutilgan Viskonsinda g‘alaba qozongan va bu «breyk-point» Trampga yaxshigina ustunlik bergandi. Biroq bu gal Viskonsinda Bayden g‘alaba qozondi. Tramp u yerda o‘zining ustunligi haqida gapirgan bo‘lsa-da.
Hukumatni qabul qilish bo‘yicha harakat ish boshladi
Jo Baydenning ustunligi mustahkamlana borgan sari Trampning ovozlarni soxtalashtirish borasida iddaolari ko‘paymoqda. Bu esa prezident saylov natijalarini tan olmasligi oqibatida katta janjal yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi. Shu sabab Bayden hukumatni tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritish borasida harakat boshladi. Bu borada maxsus buildbackbetter.com sayti ishga tushirildi.
Lekin Bayden kerakli 270 ta ovozni qo‘lga kiritsa, Tramp hech nima qila olmaydi. Agar ikki nomzod ham kerakli ovozni to‘plolmay, ish Oliy sudgacha borsa, ana unda Tramp katta janjal boshlashi mumkin. Biroq Baydenning kerakli ovozni qo‘lga kiritishi hukumat muammosiz topshirilishini ta’minlaydi.
Bayden o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilib, ovozlarni hisoblash jarayoni tugaganini ma’lum qildi va o‘z g‘alabasiga ishonayotganini aytdi: «Shuni aytmoqchimanki, ovoz berish jarayoni tugadi. Biz g‘alaba uchun kerakli ovozlarni qo‘lga kiritishga yaqinmiz. Amaldagi prezident hamon g‘alaba qozonishi mumkin, lekin bu deyarli imkonsiz. Barcha ovozlar inobatga olinishi, hech kimning fikri e’tiborsiz qolmasligi kerak, hozir ham, keyin ham. Do‘stlar, ishonchim komil, biz g‘alaba qozonamiz. Bu mening yoki bizning emas, barchaning, butun Amerika demokratiyasining g‘alabasi bo‘ladi. Biz g‘alaba qozonsak, shtatlar qizil yoki ko‘kka ajratilmaydi», dedi Bayden o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilar ekan.
Baydenning shtabi u 270-ovozni qo‘lga kiritishi bilan g‘alabani e’lon qilishi haqida ma’lum qildi. Tramp ham o‘tgan safar xuddi shunday qilgandi. Bu vaqtda Tramp advokatlarini ishga solishni boshladi. U ovozlar soxtalashtirilganini aytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi