1 900
Leonid Yakubovich, Ivan Urgant va boshqa rossiyalik mashhur teleboshlovchilar qanday uylarda yashaydi?

Quyida nomi keltirilgan Rossiya teleboshlovchilarining shou-biznesda egallagan o‘rni ularga istalgan kattalikdagi turar joy xarid qilish imkonini beradi. Istiqomat qiladigan uylari va dala hovlilarining narxidan kelib chiqib, ularning qancha daromad topishini taxmin qilish qiyin emas.
Ivan Urgant
![]()
Foto: «Uznay vsyo»
«Tungi Urgant» («Vecherniy Urgant») shousi boshlovchisi Ivan Urgantning Rublyovka shossesida 3 million dollarlik katta xonadoni bor. Ammo bu hali hammasi emas, boshlovchining «Gorki-1» posyolkasida ham maydoni 50 sotixni tashkil qiladigan kotteji bor. Klassik uslubdagi uy narxi 7 million dollarni tashkil qiladi.
Leonid Yakubovich
![]()
Foto: «Uznay vsyo»
«Mo‘’jizalar maydoni» boshlovchisi Leonid Yakubovichning «Penati» posyolkasidagi 7 million dollarlik uyi ko‘rinishi, teatr va madaniyat saroyini esga soladi. Band ish grafigi sabab boshlovchi kamdan kam bo‘ladigan uyda asosan qizi Varvara va rafiqasi yashaydi.
Yelena Malisheva
![]()
Foto: «Uznay vsyo»
«Yashash yaxshi» («Jit zdorovo») ko‘rsatuvi boshlovchisi Malishevaning Nyu-Jersi shtatida xonadoni bor. 21 xonasi bor qasrni esga soladigan uy 6,4 million dollarni tashkil qiladi. Qimmatbaho buyumlar bilan dekoratsiyalangan uyda ulkan qandil, marmartoshlar mavjud. Bugungi kunda ushbu uyda Malishevaning o‘g‘li yashaydi.
Vladimir Solovyov
![]()
Foto: «Uznay vsyo»
Boshlovchi Moskva viloyatidagi dala hovlisi, ayniqsa, Italiyadagi villasida dam olishni yaxshi ko‘radi. «Gazeta.ru»ning ma’lum qilishicha, boshlovchining peshona terisi evaziga xarid qilgan Komo ko‘li bo‘yidagi uyining narxi 9 million yevroni tashkil qiladi. Keyinroq esa Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurashish fondi tomonidan Komo ko‘li yoqasida 1 million yevrolik Solovyovga qarashli yana bir uy borligi aniqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Pensioner ayol qo‘shnilariga olti million yevro qoldirdi

Makgregor 3 million yevroga yaxta sotib oldi

Bayden adashib 200 million kishini «ko‘mib yubordi»

O‘g‘irlab ketilgan uch million dollarlik noyob kitoblar Ruminiyada topildi

Nyu-Yorklik santexnikachi lotereyada 136 mln dollar yutib oldi

Fransiyada xakerlar 2 million kishining rekvizitlarini o‘g‘irladi