16:50 / 28.01.2021
2 575

Hindistonlik ayol pasportini yo‘qotib qo‘ygani uchun 18 yil Pokiston qamoqxonasida o‘tirdi

Hindistonlik ayol pasportini yo‘qotib qo‘ygani uchun 18 yil Pokiston qamoqxonasida o‘tirdi
Foto: Times Now News
Hindistonning Maharashtra shtati, Aurangabod shahrida yashaydigan ayol pasportini yo‘qotib qo‘ygani sababli 18 yil umrini Pokiston qamoqxonasida o‘tkazdi. Bu haqda Times Now News xabar beradi.

2003 yilda erining qarindoshlaridan xabar olish uchun Pokistonning Lahor shahriga borgan 65 yoshli Hasina Begum pasportini yo‘qotib qo‘ygani tufayli ozodlikdan mahrum qilingan. U 18 yil davomida aybi yo‘qligini aytib, uni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.

Pokiston hukumati Hindiston politsiyasidan Begumning Aurangabadda uyi borligi va u yerda ro‘yxatdan o‘tgani haqida hisobot olganidan keyingina ayolni qo‘yib yuborishga qaror qilgan. Politsiya ma’lumotlarida ayol Hindistonning Uttar-Pradesh viloyati, Saxaranpur shahrida yashaydigan Dilshad Ahmedning turmush o‘rtog‘i ekani aytilgan.

Pokiston qamoqxonasidan qo‘yib yuborilgan ayol Hindiston hukumatiga topshirilgan. Ayol ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirganidan keyin vataniga qaytib, o‘zini jannatdagidek his qilayotganini aytib, uni qamoqxonada majburlab ushlab turganini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik ayol pasportini yo‘qotib qo‘ygani uchun 18 yil Pokiston qamoqxonasida o‘tirdi