Foto: «The Intependent»
«The Intependent» xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada har yili yuzlab kichik yoshdagi qizlar majburan turmushga berilmoqda.
Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 183 kishi ota-onasining istaklari bilan turmushga uzatilgan. Ularning 140 nafarini voyaga yetmagan qizlar tashkil etadi. 2006 yildan 2016 yilgacha Angliya va Uelsda voyaga yetmaganlar ishtirokida 3,3 mingga yaqin nikoh tuzildi, ularning aksariyati qizlar.
Ushbu muammo ustida ish olib borayotgan xayriya tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra, Britaniya qonunlari ularni yetarli darajada himoya qilmagani bois shunday holat kuzatilmoqda. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘pincha muammo sifatida ko‘rilayotgan bir paytda, Britaniyada voyaga yetmagan qizlarni turmushga berish avj olmoqda.
Ko‘pincha bu diniy nikoh niqobi ostida sodir bo‘ladi va ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi sabab ularning aniq sonini aytish qiyin. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada 16-17 yoshli qizlarni «ota-onalari ruxsati bilan» turmushga berish qonun bilan ruxsat etiladi. Lekin huquq himoyachilari ota-onalar farzandlarini ko‘p hollarda majburan turmushga beradi, deb ta’kidlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?