Videodan lavha
BMT Qirg‘iziston fuqarosi Ayzada Kanatbekovaning o‘ldirilishiga munosabat bildirib, ayollarni o‘g‘irlash va majburiy nikohlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda xalqaro tashkilotning bir kun oldin tarqatilgan bayonotiga tayanib EADAILY xabar bermoqda.
«Ala kachuu (qiz o‘g‘irlash — tahr.)ning navbatdagi qurboni Ayzada Kanatbekovaning vafoti haqidagi xabar, bu g‘ayriinsoniy amaliyotga chek qo‘yish zarurligi haqida fojiali eslatmadir. Qirg‘izistondagi va dunyoning barcha mamlakatlaridagi ayollar va qizlar o‘z mamlakatlarida o‘g‘irlash va zo‘ravonlikka duchor bo‘lmasdan xavfsiz harakatlanish huquqiga ega», — deyiladi BMT bayonotida.
Tashkilot «Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Qirg‘iziston Bosh vaziri Ulug‘bek Maripovning Ayzadaning o‘limini qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan milliy foji deb ta’riflagan rasmiy bayonotlarini mamnuniyat bilan qabul qilishi»ni aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni ertalab Bishkek markazida bir nechta erkak 26 yoshli Ayzada Kanatbekovani o‘g‘irlab ketishgan edi. O‘g‘irlash holati (qiz qarshilik ko‘rsatgan) va avtomobilning davlat raqami kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Biroq, politsiya uni qutqara olmagan. O‘g‘irlangan deya taxmin qilingan qiz ikki kun o‘tib, o‘lik holda topiladi.
Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalarida o‘g‘irlab ketuvchining, qizni uzoq vaqtdan beri sevganligi, uylanish niyatida bo‘lganligi haqidagi xabarlari e’lon qilinmoqda. Hozirda «kuyov»ning taxminiy sheriklari hibsga olingan.
Bishkek va O‘shda 8 aprel kuni ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Norozi bo‘lib ko‘chaga chiqqanlar qiz o‘g‘irlashga odat sifatida emas, balki og‘ir jinoyat sifatida munosabatda bo‘lishni va shunga muvofiq aybdorlarni jazolashni talab qildilar.
Namoyishchilar, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va Bishkek bosh ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining iste’fosini talab qilishgan.
Ularning fikriga ko‘ra, ichki ishlar organlari marhuma qizni qidirishga vaqtida kirishmagan, chunki qutqarish niyatida bo‘lmagan. Ayzada timsolida jamiyat barcha qizlarni o‘g‘irlash va majburiy nikohdan himoya qilishga harakat qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?