Foto: hdwalle.com
Hindistonda taniqli kurashchi, 2012 yilda Londonda o‘tgan Olimpiadada Hindiston terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan Sushil Kumar qotillikda gumonlanib hibsga olindi.
38 yoshli erkin kurashchi stadiondagi mushtlashuv vaqtida boshqa bir kurashchi vafot etgandan keyin, 4 may kunidan qochoqlikda yurgan.
Sobiq jahon chempioni mushtlashuv ishtirokchilaridan biri, deb topilgan. Politsiya hattoki uning qayerda ekani haqidagi ma’lumotga 1,4 ming dollar va’da qilgan. Kumar G‘arbiy Dehlidagi Mundka qishlog‘ida hibsga olingan.
Kurashchi 2010 yilda 66 kggacha vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. U, shuningdek, 2008 va 2012 yillardagi Olimpiadalarda mos ravishda bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
Sportchi 2012 yilgi London Olimpiadasi ochilishi marosimida o‘z mamlakati terma jamoasining bayroqdori bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi