18:55 / 15.06.2021
3 213

Putin o‘zbekistonlik migrantlarga taalluqli farmonni imzoladi

Putin o‘zbekistonlik migrantlarga taalluqli farmonni imzoladi

Foto: «gazeta.ru»
Rossiya prezidenti mamlakat hududida noqonuniy bo‘lib turgan mehnat migrantlariga 2021 yilning 30 sentabriga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat beruvchi tegishli farmonni imzoladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qo‘llanilmaydi hamda ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.

Avvalroq, Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021 yil 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgani aytilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Putin o‘zbekistonlik migrantlarga taalluqli farmonni imzoladi