23:15 / 30.08.2021
2 896

Olimlar SARS-CoV-2 har hafta mutatsiyaga uchrashini aniqladi

Olimlar SARS-CoV-2 har hafta mutatsiyaga uchrashini aniqladi
Foto: Getty Images
COVID-19 ni keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi har hafta, ya’ni ilgari o‘ylangandan ikki baravar ko‘p mutatsiyaga uchraydi. Buyuk Britaniyaning Bat va Edinburg universitetlari genetiklari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda.

Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, shu paytgacha koronavirusni o‘rganayotgan tadqiqotchilar ko‘plab mutatsiyalarni payqamagan, ular yangi shtammlarning paydo bo‘lish tezligini baholashda sekvenlanmagan va hisobga olinmagan. Mualliflarning fikricha, ko‘pincha yuz bergan mutatsiya virusning o‘ziga zarar yetkazib, uning yashab qolish imkoniyatini pasaytiruvchi «salbiy seleksiya» namunalariga e’tibor berilmagan. Aksariyat olimlar diqqatini yangi shtamm avvalgisidan kuchliroq bo‘lgan, masalan, yuqumliroq delta shtammining ijobiy seleksiya namunalariga qaratgan.

«Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, agar inson COVID-19 bilan bir necha haftadan ziyod og‘risa, virus uning organizmida mutatsiyaga uchrashi mumkin», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Lorens Xerst.

U koronavirusning alfa shtammi uzoq vaqt davolangan inson tanasida paydo bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, bu COVID-19 ning og‘ir shakliga chalinganlar izolyatsiyada bo‘lishi zarurligini tasdiqlaydi.

Tadqiqotni Bat universitetining Milner evolyutsiya markazi va Edinburg universiteti tibbiy tadqiqotlar kengashining inson genetikasi bo‘limi xodimlari olib borgan. Ularning natijalari Genome Biology and Evolution’da chop etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar SARS-CoV-2 har hafta mutatsiyaga uchrashini aniqladi