Foto: AP
AQSH hukumati noyabrdan boshlab mamlakatga kiruvchi barcha xorijliklardan koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlikni va safargacha 3 kundan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy testni talab qiladi. Bu haqda Oq uyning koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori Jeff Zints jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, yo‘lovchilar AQSHga uchayotgan samolyotga o‘tirish vaqtida emlanganlik haqidagi ma’lumotnomani taqdim qilishlari kerak bo‘ladi. Associated Press axborot agentligining xabar berishicha, xalqaro reyslarning to‘liq emlangan yo‘lovchilaridan AQSHga kelgandan keyin karantindan o‘tish talab qilinmaydi. Xorijdan keladigan amerikaliklar koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lsa, unda safardan bir kun oldin hamda AQSHga kelgandan keyin koronavirusga test topshirishlari kerak bo‘ladi.
Ayni vaqtda AQSH rahbariyati koronavirus tarqalishi oldini olish uchun mamlakatga oxirgi 2 hafta bir qator davlatlarda, jumladan, Britaniya, Shengen hududi davlatlari, Irlandiya, Xitoy, Hindiston, JAR, Eron va Braziliyada bo‘lgan xorijliklarga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ygan. Bunday choralar ilk bor AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp hokimiyati vaqtida e’lon qilingan edi. CNBC telekanalining xabar berishicha, ushbu talablar amaldagi cheklovlarni yumshatishga qaratilgan.
Avvalroq AQSHning bosh infeksionisti Entoni Fauchi ko‘proq amerikaliklar emlansa, unda AQSHda virus qurbonlari 1 mlnga yetmasligini aytgan.
AQSHda pandemiya boshidan to hozirgi kungacha koronavirusdan 692 ming o‘lim qayd qilingan. Fauchining ta’kidlashicha, 70 mlnga yaqin amerikalik hamon virusga qarshi vaksina olmagan.
Shuningdek, amerikalik mutaxassislar koronavirusning “myu” shtammi muayyan antitanachalar shakllantiradigan himoyani chetlab o‘tishga qodir deb hisoblashmoqda. Ular hozirda ayni shtammning AQSHda qanchalik tarqalishi mumkinligini tekshirishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi