13:10 / 21.10.2021
2 361

Kim birinchi trillioner bo‘ladi?

Kim birinchi trillioner bo‘ladi?
«Tesla Inc.» asoschisi Ilon Mask yana bir kompaniyasi — «SpaceX» sharofati bilan jahondagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bu haqda «Interfaks» «Morgan Stanley» tahlilchisi Adam Jonasga asoslanib xabar berdi.

Foto: «iXBT.com»
Jonasning fikricha, $200 milliardga baholanayotgan «fazoviy» biznes Maskning boyligi $1 trillionga yetishida tramplin vazifasini o‘taydi.

Boshqa ekspertlar ham Maskning trillioner bo‘lishini istisno etishmayapti, faqat ular bu marraga «Tesla» eltishini ta’kidlashgandi.

Ilon Mask «Amazon» asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyodagi eng boy odamga aylangani haqida xabar bergandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim birinchi trillioner bo‘ladi?