00:55 / 25.12.2021
1 318

Alplardagi tog‘ tebranib turishi aniqlandi

Alplardagi tog‘ tebranib turishi aniqlandi
Foto: pixabay.com
Alp tog‘lari orasida eng balandlaridan biri bo‘lgan Matterxorn tog‘i taxminan har 2 soniyada bir marta oldinga-orqaga tebranadi. Buni Myunxen texnika universiteti tadqiqotchilari aniqlashdi. Ular bu haqda Earth and Planetary Science Letters jurnalida ma’lum qilishdi.

Matterxorn tog‘i Shveysariya va Italiya chegarasida joylashgan bo‘lib, uning balandligi 4478 metrni tashkil qiladi. Har qanday jism u yoki bu chastotada qo‘zg‘alganda tebranadi va tadqiqotchilarni bu borada tog‘lar o‘zini qanday tutishi qiziqtirgan. Buni aniqlash maqsadida ular Matterxornning cho‘qqisida va etagida seysmometrlar o‘rnatishgan.

Aniqlanishicha, tog‘ shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa 0,42 Gs chastota bilan tebranib turar ekan. Tog‘ nanometrlardan mikrometrlargacha oraliqda tebrangan va uning cho‘qqisida tebranish etagiga nisbatan 14 marta kuchliroq bo‘lgan.

Tog‘ning tuproq kuchli harakatlanadigan joylari zilzila vaqtida ko‘chkilar, toshlar qulashi va tog‘ jinslari yemirilishiga ko‘proq moyil bo‘lishi mumkin”, deb ta’kidlab o‘tishgan mutaxassislar.

Matterxorndagi tebranishlar dunyo okeanida boshlanuvchi seysmik faollik bilan bog‘langan. Tadqiqotchilarning fikricha, boshqa tog‘lar ham Matterxorn kabi tebranib turishi ehtimoli yuqori.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alplardagi tog‘ tebranib turishi aniqlandi