date

Parijda ko'k rangli rasm 18,5 mln yevroga sotildi

Parijda ko'k rangli rasm 18,5 mln yevroga sotildi
Parijdagi Christie's auksionida fransuz rassomi Iv Klaynning "Kaliforniya" (IKB 71) nomli to'rt metrli kartinasi 18,4 million yevroga (taxminan 19,6 million dollar) sotildi. Bu rassomning asarlari uchun to'langan eng yuqori narx hisoblanadi.

Ushbu asar 1961 yilda rassomning o'ziga xos ultramarin soyasi — International Klein Blue yordamida yaratilgan. "Kaliforniya" Klayn asarlari orasida alohida o'ringa ega, chunki u o'z nomiga ega bo'lgan kamdan-kam asarlardan biri.

Nom Kaliforniya shtati sharafiga berilgan bo'lib, rassom ushbu kartinani AQShga qilgan yagona safari davomida ilk bor aynan o'sha shtatda namoyish qilgan. Kartina Los-Anjelesdagi ko'rgazmadan oldin Nyu-York shahridagi Leo Kastelli galereyasida ko'rsatilgan.

Bu galereya o'sha davrning muhim san'at maydonlaridan biri bo'lgan. Rassom 1962 yilda vafot etgach, kartina bir necha egasini o'zgartirdi, jumladan, shveysariyalik kollektor Jorj Marsiga tegishli bo'lgan.

2005 yilda "Kaliforniya"ni Nyu-Yorkdagi Pace galereyasi sotib olib, vaqtincha Metropoliten muzeyiga taqdim etgan. Kartina 2008 yilgacha ushbu muzeyda namoyish qilingan.

ARTnews ma'lumotlariga ko'ra, kartina ilgari United Technologies kompaniyasining sobiq rahbari Jorj Devidga tegishli bo'lgan. Uning kompaniyasi Metropoliten muzeyidagi Van Gog va Jasper Jonsga bag'ishlangan yirik ko'rgazmalarni moliyalashtirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijda ko'k rangli rasm 18,5 mln yevroga sotildi