The Economist Rossiya iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan sanksiyalar sharoitida qanday yashayotgani haqida gapirdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban G‘arb iqtisodiy urush ochdi. Amerika Rossiyaning keng turdagi tovarlari savdosiga taqiq qo‘ydi; yirik kompaniyalar mamlakatni ketma-ket tark etishdi; bir qator davlatlar bir bo‘lib Markaziy bank xalqaro zahiralarining 60 foizini muzlatib qo‘ydi.
Maqsad — prezident Vladimir Putinning tajovuzkorligini jazolash orqali Rossiya iqtisodiyotini o‘z-o‘zidan inqirozga yuz tuttirish edi.
Bosqindan keyingi bir hafta ichida rubl dollarga nisbatan uchdan bir qismga tushib ketdi, ko‘plab rossiya kompaniyalarining aksiyalari narxi tushib ketdi.
G‘arb strategiyasi reja bo‘yicha ketyaptimi?
Rossiya bozorlaridagi tartibsizlik bosilgan ko‘rinadi. Rubl mart oyi boshida qulaganidan beri endi o‘sishni va urushdan avvalgi holatiga qaytishni boshladi.
Rossiya aksiyalarining asosiy ko‘rsatkichi uchdan bir qismga tushdi, biroq o‘shandan beri yo‘qotishlarning bir qismi qoplandi.
Hukumat va aksariyat kompaniyalar obligatsiyalarni chet el valyutasida to‘lamoqda. Natijada qariyb 3 trln rubl (31 mlrd dollar) olib qo‘yilgan, Rossiya banklariga bosim qo‘llash harakatlari to‘xtatildi, rossiyaliklar ham o‘z naqd pullarining katta qismini hisob raqamlariga qaytarishni boshlashdi.
Bir qator siyosiy choralar bozor barqarorlashuvida yordam berdi. Ularning ba’zi birlari odatiy ravishda otkaziladi.
Markaziy bank aholining daromadlarini Rossiya aktivlarini saqlashga undagan holda, foiz stavkalarini 9,5 foizdan 20 foizgacha ko‘tardi.
Hukumat eksportchilarga daromadlarining 80 foizini rublga konvertatsiya qilishga farmon berdi.
Moskva fond birjasidagi savdo, Markaziy bank ta’biri bilan aytganda «kelishsa» bo‘ladiganga aylandi. Qisqa savdo-sotiq taqiqlandi, mamlakat fuqarosi bo‘lmagan shaxslar esa aksiyalarni 1 aprelagcha sotishdan cheklandi.
Biroq real iqtisodiyot qaysidir ma’noda moliyaviy iqtisodiyotning ko‘zgudagi aksi hisoblanadi: u birinchi ko‘ringanidan ko‘ra jonliroq.
Iste’mol narxlarining har haftalik ko‘rsatgichiga ko‘ra, ular mart oyi boshidan beri 5 foizdan ko‘proq oshgan.
Ko‘plab xorij firmalari mamlakatdan ketdi, mahsulot ta’minotini qisqartirdi, valyuta qadrsizlanishi va sanksiyalar import xarajatlarini yanada oshirdi.
Ammo hamma narsa ham keskin qimmatlashmaydi. Asosan mamlakat ichida ishlab chiqariladigan spirtli ichimliklar urushgacha bo‘lgan narxdan biroz oshgan.
Benzin ham deyarli o‘sha narxda. Va bu hali boshlanishi, iqtisodioy faollikning katta ziyon ko‘rishi bo‘yicha belgilar hozircha kam.
Badavlat mamlakatlar tahliliy markazining OECD ma’lumotlariga asoslanib qilgan bahosiga ko‘ra, Rossiya YAIM 26 martgacha bir hafta ichida o‘tgan yilga nisbatan taxminan 5 foizga oshgan.
Elektr energiya iste’moli va temir yo‘lga tovarlarni yuklash kabi boshqa «real vaqt» ma’lumotlari o‘z darajasida saqlanib qolgan.
Rossiyaning eng yirik kreditori bo‘lmish «Sberbank» tomonidan e’lon qilingan xarajatlar bo‘yicha boshqa ma’lumotlar o‘tgan yilga nisbatan biroz o‘sgan.
Qisman, bu odamlarning narxlar oshishidan oldin zaxira yig‘ishi bilan izohlanadi: ayniqsa maishiy texnika xarajatlari yuqori.
Biroq xizmatlar bo‘yicha xarajatlar oz miqdorda pasaydi va pandemiya davridagidan ko‘ra yaxshiroq jonlandi.
Rossiya o‘zining retsessiyaga uchrashiga hanuzgacha ishonadiganga o‘xshaydi. Ammo ko‘plab iqtisodchilar taxmin qilganidek, u chindan ham inqirozga uchraydimi?
Iqtisodchilarning taxminlariga ko‘ra, YAIMning 10-15 foizga tushib ketishi uch omilga bog‘liq.
Birinchisi – oddiy xalq urush cho‘zilib ketishidan xavotirga tushib, 2014 yil Rossiya Qrimni bosib olganidagi kabi o‘z xarajatlarini kamaytirishni boshlaydimi?
Ikkinchisi – ishlab chiqarish oxir-oqibatda to‘xtab qolmaydimi, zero sanksiyalar G‘arbning import tovarlari kirishiga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa, aviatsiya sektori, shuningdek avtomobil sanoati ham zaif korinadi. Vaholanki, sovet paytida yaratilgan ko‘plab yirik korxonalar importsiz ishlashga o‘rganib qolgan.
Agarda qaysidir iqtisodiyot dunyodan uzilgan holda ham o‘zini bemalol tutib oladigan bo‘lsa, bu Rossiya iqtisodiyoti bo‘ladi.
Uchinchi va eng muhim omil Rossiya qazilma yoqilg‘isi eksporti bilan bog‘liq. Rossiyaga qarshi qo‘llanilayotgan sanksiyalar soni juda ko‘p bo‘lishiga qaramay, u hali ham chet ellik xaridorlarga oyiga taxminan 10 mlrd dollarlik neft sotadi.
Bu, uning urushdan oldingi eksportining to‘rtdan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan bir qatorda, tabiiy gaz va boshqa neft mahsulotlari savdosidan tushadigan daromadlar ham to‘xtab qolmagan.
Bu esa neytral yoki do‘stona mamlakatlardan ma’lum iste’mol tovarlari va ehtiyot qismlarini sotib olishga xizmat qiladigan qimmatli valyuta manbasini ta’minlaydi. Vaziyat o‘zgarmasa, Rossiya iqtisodiyoti bir muddatga qoqilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi