date

Holand “super ichimlik” deb atagan sut Angliyada xavfli deb topildi

Holand “super ichimlik” deb atagan sut Angliyada xavfli deb topildi
Norvegiyalik hujumchi Erling Holan o'zining kuchli jismoniy imkoniyatlarining sirini oshkor qildi. Uning aytishicha, har kuni bir stakan xom sut ichish unga gollar urish va himoyachilarni dog'da qoldirishda yordam beradi.

"Bu men uchun haqiqiy super ichimlik. U nafaqat oshqozonimga, balki terimga va mushaklarimga ham ijobiy ta'sir qiladi.

Shu sababli, uni iste'mol qilaman. O'zimni bundan yaxshiroq his qilaman", dedi Holan.

Shu bilan birga, Angliyaning Oziq-ovqat standartlari agentligi (FSA) Holanning bu tanlovi bo'yicha zudlik bilan ogohlantirish berdi. Ularning ta'kidlashicha, xom sut zararli bakteriyalarni o'z ichiga olishi va oziq-ovqat zaharlanishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Holand “super ichimlik” deb atagan sut Angliyada xavfli deb topildi