
Rossiyaning Severodvinsk portida “Xabarovsk” atom suvosti kemasi rasman dengizga tushirildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumot berdi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, mazkur suvosti kemasi maxsus qurollar va robotlashtirilgan tizimlarni tashish imkoniga ega bo‘lib, Rossiyaning jahon okeanidagi manfaatlarini himoya qilish vazifalarini samarali bajara oladi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy dvigateli bilan jihozlangan “Burevestnik” qanotli raketa hamda yadro energiya tizimiga ega “Poseydon” suvosti qurolining muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganini ma’lum qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar