Dunyo bo‘ylab ikki yilda 163 jurnalist o‘ldirildi

1 daqiqa o'qish59
Dunyo bo‘ylab ikki yilda 163 jurnalist o‘ldirildi

Butun dunyoda so‘nggi ikki yil ichida kamida 163 nafar jurnalist halok bo‘ldi, deb xabar berdi Birlashgan Millatlar Tashkiloti. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lumoticha, bu raqam UNESCOning 2023 yil avgustidan 2025 yil mayigacha bo‘lgan hisobotida qayd etilgan.

O‘ldirilgan jurnalistlarning 109 nafari jangovar hududlarda halok bo‘lgan, ular orasida 12 nafar ayol ham bor. Eng ko‘p qurbonlar G‘azo sektorida (46 kishi), Sudanda (13 kishi) va Ukrainada (8 kishi) qayd etilgan.

Biroq tahdid faqat urush hududlarida emas. Meksikada ham vaziyat o‘ta xavfli bo‘lib, 15 nafar OAV xodimi o‘ldirilgan. Umuman olganda, eng ko‘p qotillik holatlari arab mamlakatlarida (82 ta) sodir bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Lotin Amerikasi va Karib havzasi (34 ta), Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (30 ta), Yevropa va Shimoliy Amerika (12 ta) keladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazosizlik darajasi hanuz yuqori. Buning asosiy sabablari — sud tizimlarining zaifligi, korrupsiya va siyosiy irodaning yetishmasligi.

“Chegarasiz muxbirlar” tashkiloti esa 2023–2025 yillarda 1163 jurnalist hibsga olinganini ma’lum qildi. Ulardan 568 nafari hali ham qamoqda bo‘lib, asosan Belarus, Xitoy, Isroil, Myanma va Rossiyada saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, BMT 2 noyabrni jurnalistlarga qarshi jazosizlikka barham berish kuni sifatida belgilagan. Bu sana so‘z erkinligi va haqiqat uchun kurashayotganlarni himoya qilish zarurligini eslatib turadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?