
Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, "Hududgaz Jizzax" korxonasi xodimi 6 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ushlandi. Ushbu maxsus operatsiya Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax shahar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilgan.
Aniqlanishicha, xodim ushbu pullar evaziga xususiy korxona vakiliga tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma asosida jazodan qutulish va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasligini ta’minlashga va’da bergan. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, korxonaning gaz iste’molini hisoblash qurilmasiga tashqi ta’sir o‘tkazilgan bo‘lib, bu uning noto‘g‘ri ko‘rsatkichlariga va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishga olib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi "Hududgaz Jizzax" binosi oldida ushlandi. Aniqlanishicha, u jinoyat ishini hal qilish masalasini Jizzax shahar ichki ishlar bo‘limidagi tanishlari orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasi 3-qismi va "Pora berishda yordam berish" moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hududgaz Jizzax xodimi 6 ming dollar olayotganda ushlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar