
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot xizmati rasmiy bayonot bilan chiqdi. Vazirlik tomonidan ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tili o'qituvchilari malaka oshirish testlari bo'yicha vazirlikka norozilik bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.
O'qituvchilar quyidagi asosiy muammolarni ko'targan: 1. Test savollari haddan tashqari murakkab bo'lib, ko'plab savollar kundalik pedagogik faoliyat va talabalar bilan ishlashda zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarga mos emas.
2. Savollarda mantiqiy va til xatolari mavjud bo'lib, bu imtihon natijalarining ishonchliligiga putur yetkazadi.
3. Test materiallari ishonchlilik va haqqoniylik talablarga javob bermaydi, ya'ni ular o'qituvchining haqiqiy malakasini emas, faqat tor doiradagi akademik bilimlarni tekshiradi.
4. Ayrim hollarda ekspertlar ataylab murakkab savollardan foydalangan, bu esa o'qituvchilarda psixologik bosim va adolatsizlik hissini uyg'otgan.
Shu asosda vazirlik ta'kidlashicha, attestatsiya natijalaridan norozi bo'lgan ta'lim sohasidagi xodimlar test sinovlari davomida tegishli topshiriq bo'yicha o'z e'tirozlarini bildirish imkoniyatiga ega. Shuningdek, ular pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy sahifalari orqali yoki natijalar e'lon qilingan kundan boshlab o'n kun ichida yozma shaklda apellyatsiya yuborish huquqiga ega.
Vazirlik har bir test topshirig'i va bildirgan e'tiroz bo'yicha asosli tushuntirish berishga tayyorligini ma'lum qildi. Shu maqsadda (71) 207-79-79 telefon raqami orqali doimiy aloqa yo'lga qo'yilgan.
Vazirlik yana bir bor har bir murojaatni ko'rib chiqishga va tushuntirish berishga tayyor ekanligini eslatdi. Agar pedagog ko'rsatilgan tushuntirishlardan qoniqmasa, sudga murojaat qilish imkoniyati mavjud.
Bunday holatlarda nizolar amaldagi qonunchilik tartibida ko'rib chiqiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar