“Necha yildan beri “Azovchilar” bilan yonma-yon yashadik, ularni himoyachilarimiz deb bilardik. Hech kim buni kutmagan edi...
Mariupoldan tinch aholini evakuatsiya qilish jarayonlari davom etmoqda. Ko‘pchiligi boshpanasiz qolgan. Azov dengizining Bezimennoye qishlog‘ida Donetsk Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi palata lagerlarini tashkillashtirdi. Qochqinlarga qanday yordam ko‘rsatilmoqda? Batafsil ushbu reportajda o‘qishingiz mumkin.
“Hek kim buni kutmagan edi”
Shaxsiy avtomobillar kilometrlar bo‘ylab cho‘zilgan. Evakuatsiya qilinayotgan har bir shaxs qattiq filtratsiyadan, ya’ni tekshiruvdan o‘tkaziladi: chunki ukrainalik harbiylar oddiy fuqarolik kiyimida o‘tib ketishi mumkin.
DXRning Bezimennoye qishlog‘i qochqinlarni qabul qilishda davom etmoqda
Rasmiylashtirish tugagandan so‘ng, ayrimlar Rossiya viloyatlariga ketadi, yana boshqalar Donetsk va DXRning boshqa shaharlaridagi qarindoshlarinikiga yo‘l oladi.
“Erkaklar tekshiruvdan o‘tayotganda, ayollar bolalari bilan lagerda joylashishi mumkin Bizning vazifamiz-odamlarni qabul qilish, koyka-o‘rinlari, oziq-ovqatlar bilan ta’minlash, - deydi DXR FVV Makeyevka GPSO 12-yong‘in-qutqaruv bo‘limi boshlig‘i Sergey Shtark. - Odamlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi. Lager 450 odam sig‘imiga mo‘ljallangan. Odatda tun payti odamlar oqimi ko‘payadi”.
Palatalarda telefonni quvvatlantirish, qarindoshlar bilan aloqaga chiqish, internetga ulanish mumkin. Biroq hammaning ham qiyin vaziyatlarda uyidan joy beradigan qarindoshi bo‘lmaydi. Natalya yosh bolasi bilan bu yerda bir oydan beri turadi. Qaytadigan joyi yo‘q - ular yashagan ko‘p qavatli uy butunlay vayron bo‘lgan.
“Bu 1 martdan 2 martga o‘tar kechasi bo‘ldi. Uxlashga yotmoqchi edik. Birdan snaryadlar uchib keldi. Yerto‘laga tushdik. Qanchalar qo‘rqqanimizni so‘z bilan tushuntirib bera olmayman. Ukrainaliklar yashash uylari orasiga texnika qo‘yishardi, o‘t ochishardi. Boshqa pozitsiyalarga ketishayotganda ko‘p qavatli uylarga u yerda odamlar yashashini bilib turib o‘t ochishardi, – deydi Natalya. – Ozgina tinchib qolsa, erkaklar ovqat uchun nimadir olib kelishardi, suv topib kelishardi. DXR jangchilari bizni 16 martda topib olishganda shokka tushishdi”.
Natalya Fedorovna
Natalyaning Mariupolda qarindoshlari bor. Ularga nima bo‘ldi- noma’lum, chunki aloqa yo‘q. Chiqib ketishga ruxsat berishlarini kutyapti. Hozircha chodirlarda tunab qolishyapti. Har bir chodirga 15 ta odam sig‘adi. Pechka isitadi, ammo shamol sababli baribir sovuq.
“Shikoyat qilmaymiz, aksincha minnatdormiz. Bizni iliq qarshi olishdi. Nima bo‘lsa ham uyimizga qaytsak bo‘ldi”, - deb xo‘rsinib qo‘yadi nafaqaxo‘r Natalya Fedorovna.
Birinchi mart kuni Natalya Federovna kontuz oldi - uyining oldida snaryad portladi. U xususiy sektorda yashagan, u yerda qolish nihoyatda xavfli edi. “Azovchilar” qo‘shnilarnikiga bostirib kirdi, keksalarni uydan haydab, hovliga minomet olib kirishdi.
Novoazovskiy tumani, Bezimennoye qishlog‘ida Mariupoldan evakuatsiya qilinganlarni vaqtincha joylashtirish markazi
“Necha yildan beri “Azovchilar” bilan yonma-yon yashadik, ularni himoyachilarimiz deb bilardik. Hech kim buni kutmagan edi. Erim bilan yerto‘laga tushdik. Olayotgan har bir nafasimiz uchun Parvardigorga shukr qilardik, – deya ayolning ko‘zlariga yosh keldi. – Yigirma beshinchi mart kuni bizni evakuatsiya qilishdi. Erim ketmadi. U- kapitan, Boltiq flotida xizmat qilgan. “Kemasi”ni tashlab ketmasligini va meni kutishini aytdi”.
“U yerda barcha yaqinlarimiz qoldi”
Oksana va uning turmush o‘rtog‘i – Mariupolning Primorsk tumanidan. Ularning uyi bombalardan shikastlangan, shuning uchun yaqinlarining oldiga, tumanning chekkasiga – Moryakov qishlog‘iga kelishdi. Ammo u yerda ham o‘t ochishni boshlashdi.
“O‘n ikkinchi mart kuni 33 maktabga suv olib kelishdi. Odamlar yerto‘lalardan chiqishdi. Ularni esa o‘qqa tutishdi... Cheremushka mitti-tumanlari tinchroq bo‘lsa kerak deb o‘sha yerga keldik. Kelganimizda bu yerda ham otishma boshlandi. Kimningdir uyiga yashirindik, eshigi ochiq edi. Shu paytda shifoxonadan odamlar qochib kelishardi. Ularni esa snayperlar ko‘zlab turishardi. Bir ayol bolasi bilan chiqqan edi, keyin – uni o‘ldirishdi. Bolasi onasini bor ovozda chaqirardi, - deb yig‘laydi Oksana. - Biz jahannamdan qaytdik”.
20 mart kuni Oksana turmush o‘rtog‘i bilan tavakkal qilib yerto‘ladan chiqdi, uydan-uyga qochib DXR askarlarini uchratishdi. Starobeshevodagi tekshiruvlardan keyin Bezimennoyega kelishdi. “Shu yerda kutamiz. Shaharga qaytishimiz kerak- barcha yaqinlarimiz o‘sha yerda qolgan”.
Mariupollik qochoqlar
Tatyana o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i bilan Kursk viloyatiga, yaqinlarining oldiga ketmoqchi. “Biz shahrimizni juda yaxshi ko‘ramiz, ammo vayronxonada ertangi kunni qurish imkonsiz. O‘g‘lim to‘qqizinchi sinfda o‘qiydi, maktabni tugatishi kerak”, - deydi ayol.
Ular podvalda bir oydan ortiq vaqt yashashgan. Shu vaqt davomida ikki marotaba volonterlardan insonparvarlik yordamini olishgan xolos.
“Ukrainalik harbiylariga murojaat qildik. Ular: agar nimadir kerak bo‘lsa buzilgan do‘konlardan olaveringlar, sizlarga hech kim hech narsa keltirib bermaydi dedi. Bizdan tirik qalqon sifatida foydalanishdi. Bizdan so‘ramasdan yuqori qavatdan ko‘chirib tushirishardi. Chunki snayperlar joylashib olgan edi”.
“Biz sabr qilishga tayyormiz”
Chodir lagerida tushlik uchun navbat. Grechka, bir bo‘lak non, choy. So‘nggi kunlarda bu yerga Mirniy qishlog‘idan evakuatsiya qilishmoqda. Mirniy- Mariupolning chekka qishloqlaridan, Ilich nomidagi metallurgiya zavodi yonida.
“Millatchilar oddiy odamlar kiyimini kiyib olib bizning oramizda yashirinib olishmoqchi. Shuning uchun erkaklarni qattiq tekshirishyapti. Biz sabr qilishga tayyormiz, bolalarimizga xalaqit berishni xohlamaymiz”, - deydi Grigoriy Sitnikov.
“Muammo shundaki, ba’zi bolalarni ko‘chaning o‘zida tutib olishdi. Ularga-ku hech narsa qilmagan, ammo ularning yaqinlari nimani his qilayotganini tasavvur qilish qo‘rqinchli, - deb Grigoriy bilan suhbatimizga aralashadi bir ayol. - Yigitlar: tirikmiz, issiq kiyim bor, och emasmiz deb javob berishadi”.
Grigoriy avval “Ilich” zavodida ishlagan: "Sovet vaqtidan beri eslayman, yerto‘lalarning chuqurligi 30 metr. Shahar ichida shahar edi. U yerdan “azovchi”larni haydash qanchalar qiyin ekanligini biz, mahalliy odamlar, hammadan yaxshi bilamiz”.
Anna eri va o‘g‘li bilan
Grigoriy yaqinda 66 yoshga to‘ldi. Titilib ketgan cholvor, eski sviter va qora charm kurtka- uning bisotida bor-budi shu. Vayron bo‘lgan uyi, bombalar xujumi haqida vazminlik bilan gapiradi. Kuchugini eslaganda Grigoriyning ovozi titradi: “Yerto‘laga tushgunimcha kuchugim joyida jilmay turdi. Meni himoya qilayotgandi”.
FVV xodimlari har vaqt psixologik yordam ko‘rsatishga tayyor. “Hamma tushkunlikda, umumiy vahima, tashvishlanishda. Bolalar va keksalarga qattiqroq ta’sir qilyapti. Ular alohida e’tiborda”, - deydi DXR FVV Fuqaro himoyasi akademiyasi psixologik ko‘mak bo‘limi boshlig‘i Anna Chumak.
Bezimennoyedagi chodir lagerlari - yuk ortiladigan punkt. Mutlaqo boradigan joyi yo‘qlar - ularning soni 9,5 mingdan ortiq- vaqtinchalik joylashish punktlariga murojaat qilishlari mumkin. Mudofaa boshqaruvi milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida Ukraina, DXR, LXRdan Rossiyaga 830 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Mariupollik qochoqlar
Mariya Marikyan
Rossiya va Ukraina urushi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi